Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Mart, 2026   |   27 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:15
Quyosh
06:34
Peshin
12:37
Asr
16:43
Shom
18:34
Xufton
19:46
Bismillah
16 Mart, 2026, 27 Ramazon, 1447

Chorva mollaridan beriladigan zakot

14.06.2016   1105   4 min.
Chorva mollaridan beriladigan zakot

1.     Chorva mollarining erkagu urg'ochisidan nisobga etgach, zakot beriladi.

Lekin sharti yarim yildan ortiq dalada, o'tloqda boqilgan bo'lishi  va maqsadi sutidan foydalanish, naslini ko'paytirish, bahosini oshirish bo'lishi kerak. Hayvonlarni boqishdan maqsad ularda yuk tashish, minish bo'lsa, zakot vojib bo'lmaydi.

 

2.     Chorva mollarini sotib foydalanish, ya'ni tijorat niyati bilan boqayotgan bo'lsa, ularning qiymatini pulga hisoblab, zakot chiqaradi, necha bosh ekaniga qarab emas. (“Fatovoyi Olamgiriya”)

 

3.     Chorva mollarining turiga va adadiga qarab zakot belgilanadi. Masalan, har beshta tuyaga beshtadan qo'y, 25 ta tuyaga bitta bir yoshdan ikkinchi yoshga qadam qo'ygan bo'taloq, 36 ta tuyaga ikki yoshdan o'tib, uchinchi yoshga qadam qo'ygan bo'taloq beriladi va hokazo.

 

Qo'y va echkining 40 tasiga bir yoshlik bitta qo'y, 120 taga etgach, ikkita qo'y va hokazo. Sigir 30 taga etgach, bir yoshlik buzoq, 40 taga etgach, ikki yoshdan uch yoshga qadam qo'ygan g'unajin va hokazo.

 

Har bir urg'ochi otdan-biyadan bir dinor yoki nisobga etadigan qiymatning 40 dan bir foizi beriladi. Otlar erkak-urg'ochi aralash bo'lsa, ulardan zakot beriladi. Ammo faqat erkak otlar bo'lsa, ulardan zakot berilmaydi. Lekin tijorat uchun boqayotgan bo'lsa zakot beradi. (“Fatovoyi Olamgiriya”)

 

4.     Eshak, xachir, qoplon, o'rgatilgan itlardan tijorat uchun saqlanayotgan bo'lsagina zakot beriladi.

 

Tuya, sigir, qo'y va echkilarning bir yoshga to'lmagan bolalari alohida boqilayotgan bo'lsa, ulardan zakot berilmaydi. Ammo ularga bitta katta yoshlisi qo'shilsa ham barchasi  unga tobe bo'lib qoladi va nisob uchun hisobga olinadi. Masalan, 3 ta qo'zi bilan bitta uch yoshga qadam qo'ygani bo'lsa, bir qo'y zakotga ajratiladi. (“Fatovoyi Olamgiriya”, “Sirojiya”)

 

5.     Zakot farz bo'lgan odam uni ado etmay turib vafot topsa, zakot soqit bo'ladi.

 

“Fatovoyi Olamgiriya”

 

O'zbekiston musulmonlari  idorasi

fatvo hay'ati 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

16.03.2026   831   1 min.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Muzaffar Murotovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/7126

O'zbekiston yangiliklari