Kuni kecha uzoq yillar diniy sohada mazmunli xizmat qilgan marhum shayx Abdulg'ani domla Abdulloh Abu Iso Termiziyning shoh asari – «Sahihi Termiziy»ning asl nusxasidan tanlab olingan hadislar to'plami tarjimasi nashrdan chiqdi.
Kitobda matnlarni arab va o'zbek tilida berilishi o'quvchiga hadislarni yanada chuqur o'rganishga imkon yaratadi.
Kitobxonlar ushbu mo''tabar tarjimadan dinimiz arkonlariga oid hadislar va o'nlab sahobalar va ayrim tobeinlar haqidagi foydali ma'lumotlarni oladi, inshaalloh.
Alloh taolo ushbu kitobni yurtimiz mo'min-musulmonlariga manfaatli qilsin!
Marhum shayx Abdulg'ani domla Abdullohning ruhlarini shod, oxiratlarini obod aylasin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati