Mamlakatimiz elchixonasi O'zbekiston islom tsivilizatsiyasi markazi (O'ITsM) direktori Shoazim Minovarov va Malayziya Islom san'ati muzeyi bosh kuratori Heba Nael' Barakat o'rtasida onlayn muzokaralarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Malayziya tomoni O'zbekistonda bag'rikenglik madaniyatini rivojlantirish va islom dinining gumanistik mohiyatini targ'ib etish, islom tsivilizatsiyasining jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qo'shgan salmoqli hissasini o'rganish va ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli chora-tadbirlarga yuksak baho berdi. Malayziya muzeyi vakillari O'ITsMning ushbu yo'nalishdagi vazifalari va ilmiy majmua va O'ITsM muzeyi qurilishining borishi bilan tanishishdi.
Muloqot chog'ida ikkala muzey fondlarida saqlanayotgan moddiy madaniyat ob'ektlari va qo'lyozmalarning qo'shma ko'rgazmalarini tashkil etish orqali islom dunyosining ilmiy va madaniy merosini targ'ib qilish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi.
Davlatimiz Rahbari tomonidan har jabhada olib borilayotgan yangilanish va islohotlarga hamohang tarzda Diniy idora tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jami 700 nafar pedagog va soha mutaxassisi, jumladan, 300 nafar ishtirokchi bevosita anjuman zalida, 400 nafar ishtirokchi esa hududlardan videoselektor orqali qatnashadi.
Anjumandan ko‘zlangan maqsad sohadagi istiqbolli rejalarni muhokama qilish, diniy ta’limda pedagogik va kasbiy mahoratni oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish hamda diniy ta’limni yangi bosqichga olib chiqishdir.
Dastur doirasida soha rahbarlari ishtirokida tahliliy ma’ruzalar, taniqli professorlar tomonidan mahorat darslari, ilmiy-metodik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishib, Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati