Saudiya xavfsizlik xizmati chorshanba kuni qilgan bayonotida aytilishicha, hajni ruxsatsiz bajarishga urinayotgan odamlar 2 666 AQSh dollari miqdoridagi jarimaga tortiladi.
Hokimiyat rasmiy vakilining aytishicha, ziyoratchilar haj marosimlarini bajarishga urinishdan oldin tegishli tashkilotlardan ruxsat olishlari kerak.
Islam.ru xabariga ko'ra, Tvitterda e'lon qilingan bayonotda brigada generali Sami bin Muhammad Al-Shuvayrh ziyoratchilarni haj ko'rsatmalariga qat'iy rioya qilishga chaqirdi va xavfsizlik kuchlari har qanday qoidabuzarliklarni oldini olish uchun Makkadagi Al-Harom masjidi va boshqa muqaddas joylarga olib boradigan yo'llarning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha o'z vazifalarini qat'iy bajarishini ta'kidladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
#xabar #muftiy #misr #matbuot
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining sun’iy intellekt haqidagi maqolasi Misr Arab Respublikasidagi bir necha yuz minglab kuzatuvchilarga ega see.news (https://see.news/artificial-intelligence-between-technical-evolution-and-sharia-responsibility-a-contemporary-islamic-vision), darelhilal.com (https://darelhilal.com/News/3164420.aspx), aldiplomasy.com (https://www.aldiplomasy.com/en/?p=42807) va safqa.news (https://www.safqa.news/137466) kabi internet nashrlarida arab va ingliz tillarida keng yoritilib, jamoatchilik e’tiborini tortdi.
Maqolada sun’iy intellekt bugungi kunda iqtisod, ta’lim, tibbiyot, xavfsizlik va davlat xizmatlarida ulkan imkoniyatlar yaratayotgani alohida ta’kidlangan. Zamonaviy texnologiyalar aqlli shaharlar qurish, xizmatlar sifatini oshirish va jamiyat rivojiga xizmat qilayotgani qayd etilgan.
Shu bilan birga, Muftiy hazratlari taraqqiyot bilan bir qatorda insoniy qadriyatlar va diniy me’yorlar ustuvor bo‘lishi lozimligini uqtirgan. Sun’iy intellekt inson aqlining mahsuli ekani, texnologiya insonni emas, inson texnologiyani boshqarishi kerakligiga e’tibor qaratilgan.
Maqolada sun’iy intellektni hayotga to‘g‘ri tatbiq etish, uni nazorat qilish va ayniqsa din va fatvo bilan bog‘liq nozik masalalarda ehtiyotkorlik zarurligi ta’kidlangan. Fiqhiy manbalarga ko‘ra, sun’iy intellekt ma’lumot tahlilida yordamchi bo‘lishi mumkin, ammo fatvo berish faqat malakali va mas’ul faqihlar zimmasida ekani ochiq bayon etilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati