Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Yanvar, 2026   |   12 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:36
Peshin
12:41
Asr
15:56
Shom
17:42
Xufton
18:57
Bismillah
31 Yanvar, 2026, 12 Sha`bon, 1447

Qurbon hayiti kuni bajariladigan 13 amal

04.07.2022   3024   4 min.
Qurbon hayiti kuni bajariladigan 13 amal
  1. Arafa kuni kechasi, ya'ni, hayit kuniga o'tar kechasini bedor o'tkazish.

Hayit kuniga o'tar kechani Qur'on tilovati, zikr, tasbih va nafl namozlar bilan o'tkazish ulkan savoblarga sabab bo'ladi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: "Kim ikki iyd kechalarini Allohdan savob umidida qoim qilsa, qalblar o'ladigan kunda uning qalbi o'lmas", deganlar (Ibn Moja, Tabaroniy rivoyati).

  1. G'usl qilish. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fitr, Azho va Arafa kunlari g'usl qilar edilar"(Ibn Moja rivoyati).
  2. Eng yaxshi, yangi yoki toza kiyimlarni kiyish.
  3. Hushbo'ylanish.
  4. Qurbon hayiti namoziga chiqishdan oldin hech narsa emaslik."Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon hayitida taomlanmasdan chiqmasdilar, qurbonlik kunida esa namoz o'qigunlaricha taomlanmasdilar"(Imom Termiziy rivoyati(.

Eslatma! Ba'zilar qurbon hayitida hech narsa emay namozga chiqishni noto'g'ri tushunib, kunning avvalgi yarmiga qadar ro'zani niyat qilish kerak, deyishadi. Shu bilan birga, o'sha kuni saharlikka turishadi va og'izlarini niyat bilan berkitib namozga chiqishadi. Hayit namozi o'qib bo'lingach esa, xuddi iftorlikdagi kabi og'izlarini ochishadi. Bunday qilish noto'g'ri. Hayit kunlarida ro'zani niyat qilish harom amal sanaladi. Qolaversa, yarim kunga ro'za niyat qilinmaydi.

  1. Masjidga imkon bo'lsa piyoda va ertaroq borish. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki hayit namoziga piyoda yurib chiqardilar" (Ibn Moja rivoyati).
  2. Yo'lda tahlil (Laa ilaha illalloh), takbir (Allohu akbar) va tahmid (Alhamdulillah) aytish. "Allohu akbar, Allohu akbar, Laa ilaaha illallohu Allohu akbar, Allohu akbar va lillaahil hamd".
  3. Hayit namozidan oldin boshqa biror nafl namoz o'qimaslik. Masjidga borgandan so'ng tahiyyatul masjid yoki boshqa biror nafl namoz o'qimasdan zikr qilib o'tirish lozim.
  4. Namozga bir ko'chadan borib, boshqasidan qaytish. Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday qilar edilar.
  5. Hayit bilan muborakbod etish. Sahobalar: "Taqobbal Alloh minna va minkum (Alloh bizdan ham, sizdan ham qabul etsin)", deb bir-birlarini bayram bilan tabriklashardi.
  6. Ahli ayol va yosh bolalarni xursand qilish. Oilada bayram kayfiyatini paydo qilish, sovg'a-hadyalar ulashish kerak.

12.Qavm-qarindosh, yosh ulug'larni ziyorat qilish.

  1. Tanish-bilish, yoru do'st, qo'ni-qo'shnilarni bayram bilan tabriklash.

Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin!

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jaloliddin domla faxriy professor unvoniga sazovor bo‘ldi!

30.01.2026   1170   1 min.
Jaloliddin domla faxriy professor unvoniga sazovor bo‘ldi!

#Xushxabar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kengashi qaroriga ko‘ra, Toshkent shahridagi Novza jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin domla Hamroqulov «Ijtimoiy-ma’naviy tarbiya nazariyasi» ixtisosligi bo‘yicha faxriy professor ilmiy unvoni bilan taqdirlandi.
 

Ustozning dinimiz sof ta’limotini targ‘ib etish, yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash hamda ilmiy-ma’rifiy faoliyatdagi ko‘p yillik xizmatlari yuksak e’tirof etildi.


Alloh taolo Jaloliddin domlaga ushbu unvonni muborak aylab, ilmiy va ma’rifiy ishlarida baraka, sog‘lik va muvaffaqiyat ato etsin. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Jaloliddin domla faxriy professor unvoniga sazovor bo‘ldi! Jaloliddin domla faxriy professor unvoniga sazovor bo‘ldi!
O'zbekiston yangiliklari