Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Oktabr, 2025   |   9 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:33
Quyosh
06:53
Peshin
12:12
Asr
15:38
Shom
17:24
Xufton
18:37
Bismillah
31 Oktabr, 2025, 9 Jumadul avval, 1447

Diniy ta'lim muassasalaridagi qabul jarayoni bilan tanishildi

01.07.2022   1157   3 min.
Diniy ta'lim muassasalaridagi qabul jarayoni bilan tanishildi

Kuni kecha O'zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi mudiri Salohiddin domla Sherxonov 2022-2023 o'quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etilishi hamda uning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Hadis ilmi maktabi va “Hoja Buxoriy” o'rta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Salohiddin domla Sherxonov qabul jarayoni bilan bog'liq tashkiliy ishlar bilan tanishdi, abiturentlar bilan suhbatlashdi. Yakunda qabul hay'ati a'zolari bilan uchrashib, o'z taklif va tavsiyalarini berdi.
Ma'lumki, joriy yildan oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalari qabul jarayonida abituriyentlar bevosita ta'lim muassasasiga kelgan holda hujjatlarining oflayn shaklda topshirishi joriy etildi.

Bu yilgi qabul jarayonlari har yilgidan ko'ra yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Jumladan, qabul jarayonlarini namunali tashkil etish va qabul imtihonlarini shaffof, ochiq va oshkora o'tkazish maqsadida qabul hay'ati va yordamchi ishchi guruh tuzilgan, zarur texnik vositalar bilan jihozlangan maxsus joy ajratildi.

Diniy ta'lim muassasalari binosida abituriyentlar uchun qabul jarayonlari bo'yicha stendlar tashkil etildi. Ularda abituriyentlarni o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizom, ta'lim muassasasi to'g'risidagi ma'lumot, abituriyentlar tomonidan topshiradigan hujjatlar ro'yxati, kirish imtihoni fanlari va qabul jarayonlariga oid boshqa ma'lumotlar infografika shaklida joylashtirilgan.

Shuningdek, 2022-2023 o'quv yili uchun qabul jarayonlari bo'yicha abituriyentlar va ularning yaqinlarining qiziqtirgan savollarga tezkor javob berilishini ta'minlash maqsadida «Koll markaz» tashkil etilgan.

Bundan tashqari, binolar kirish qismida o'rnatilgan infokiosklar orqali abituriyentlar uchun Qabul jarayonlariga oid yangiliklar, ta'lim muassasasi va undagi o'quv jarayonlari to'g'risidagi to'liq ma'lumotlar o'zida qamab olgan videorolik hamda taqdimot slaydlari namoyishi tashkil etilgan.

Uzoq hududlardan abituriyentlarga hamroh bo'lib kelgan ota-onalar va ularning yaqinlari uchun abituriyent hujjatlarini topshirgunga qadar kutib turishlari uchun havo sovutgich, televizor o'rnatilgan hamda salqin ichimlik bilan ta'minlangan erkak va ayollarga alohida kutish xonalari tayyorlangan.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Zamonaviy diniy masalalar anjuman diqqat markazida bo‘ldi (fotolavha)

30.10.2025   6973   2 min.
Zamonaviy diniy masalalar anjuman diqqat markazida bo‘ldi (fotolavha)

Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent islom institutida “Dolzarb aqidaviy va zamonaviy fiqhiy masalalarga oid tadqiqotlardagi yondashuvlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda sohada faoliyat yuritayotgan olimlar, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar bevosita va Zoom dasturi orqali masofadan turib ishtirok etishdi. 

 

Dastlab institut rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Uyg‘un domla G‘afurov so‘zga chiqib, keyingi yillarda mamlakatimizda diniy sohaga alohida e’tibor qaratilayotgani, ayniqsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan ta’lim va ilmiy tadqiqot yo‘nalishida qilinayotgan o‘zgarish va yangiliklar nafaqat yurtimiz, balki xalqaro darajada e’tirof etilayotgani, mana shunday ilmiy-amaliy anjumanlar doimiy o‘tkazilayotgani, oliy ma’hadda magistratura ta’lim bosqichi va modul ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgani buning yorqin dalili ekanini qayd etdi. 

 

So‘zga chiqqan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor Davronbek Maxsudov anjuman mavzusi bo‘lgan aqida va fiqhiy masalalar bugungi kundagi eng dolzarb zamonaviy masala ekanini ta’kidlab, hozirda mazkur institut ham akademik darajaga ko‘tarilib, ushbu ikki yo‘nalish bo‘yicha ilmiy darajaga ega malakali mutaxassislar yetishtirib chiqarayotgani, ular diniy sohani turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritib, xalqimiz ma’rifatiini oshirish, jamiyatimiz barqarorligiga munosib hissa qo‘shib kelayotganini e’ttirof qildi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov o‘z nutqida bugun aholimiz farovonligi har jihatdan ortib borayotgani, bu o‘z navbatida diniy soha, ayniqsa, fatvo masalasiga ham ta’sir qilishi mumkinligi, xususan, ulamolar ta’kidlagan makon va zamon, urf-odat kabi 10 dan ziyod sabablarga qarab takomillashib borishi, ayni masalalarda soha mutaxassislarining bir joyga to‘planishi katta natijalarga sabab bo‘lishini alohida ta’kidladi. 

 

Diniy idora Fatvo markazi bosh mutaxassisi Muhammad Ayyubxon Homidov plastik jarrohlik amaliyotiga oid shar’iy hukmlarni bayon qildi. Shuningdek, anjumanda olimlar, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar “Yot g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish masalalari”, “Elektron savdoga oid zamonaviy fiqhiy masalalar”, “Moturidiya ta’limotining asoslari va xususiyatlari” va boshqa mavzular muhokama qilindi. 

 

Konferensiya doirasida muhokama qilingan Qur’onshunoslik, hadisshunoslik, fiqh, kalom ilmi va aqida yo‘nalishiga oid 70 dan ortiq maqolalar maxsus ilmiy to‘plamga kiritilib, talaba-yoshlar va jamoatchilikka taqdim etiladi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Zamonaviy diniy masalalar anjuman diqqat markazida bo‘ldi (fotolavha) Zamonaviy diniy masalalar anjuman diqqat markazida bo‘ldi (fotolavha) Zamonaviy diniy masalalar anjuman diqqat markazida bo‘ldi (fotolavha) Zamonaviy diniy masalalar anjuman diqqat markazida bo‘ldi (fotolavha) Zamonaviy diniy masalalar anjuman diqqat markazida bo‘ldi (fotolavha) Zamonaviy diniy masalalar anjuman diqqat markazida bo‘ldi (fotolavha) Zamonaviy diniy masalalar anjuman diqqat markazida bo‘ldi (fotolavha) Zamonaviy diniy masalalar anjuman diqqat markazida bo‘ldi (fotolavha) Zamonaviy diniy masalalar anjuman diqqat markazida bo‘ldi (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari