Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Misrda "30 xalqaro Qur'oni Karim musobaqasi" o'tkaziladi

21.12.2023   3222   1 min.
Misrda

Misr Avqof vaziri Muhammad Muxtor Juma «30 xalqaro Qur'oni Karim musobaqasi»ning to'rt hakami nomini e'lon qildi. Bu haqda Al-Fajr nashri xabar berdi. 

Ushbu musobaqa 2023 yil 23 dekabr' kuni Dorul-Qur'onda, Misrning Ulug' masjidida va Islom madaniyat markazida o'tkaziladi. Mazkur musobaqada O'zbekiston nomidan Mir Arab o'rta maxsus Islom bilim yurti talabasi Mirabbos qori Mirboboyev qatnashadi.

Musobaqani quyidagi hakamlar baholab borishadi:

  1. Tag'iuddin Mustafo Abdul Bosit at-Tamimiy – falastinlik olim, Sudan Fanlar universitetida tilshunoslik va falsafa fanlari nomzodi, Falastin texnika universiteti dotsenti.
  2. Iordaniyalik Tavfiq Ibrohim Ahmad Zamra – Pokiston Islom universiteti doktori, Qur'oni Karim xalqaro tanlovi hakamlar hay'ati a'zosi
  3. Abkar Veller Madu – Sudandagi Omdurman universitetida arab va islomshunoslik fanlari doktori, Halqaro Qur'on musobaqasi hakamlar qo'mitasi a'zosi.
  4. Senegallik shayx Ahmad Al-Sag'ir Ambi – Dakar Islom instituti bosh kotibi, arab ta'limi bo'yicha inspektor va xalqaro Qur'on musobaqalarining hay'at a'zosi. 


Musobaqa g'oliblarini qimmatbaho sovg'alar va esdalik hadyalar kutmoqda.

 

 

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?

16.07.2025   7015   2 min.
Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?

Osmonlaru yerni yaratgan  Zotning qarshisiga ma’siyatlar ila chiqa ko‘rmang, g‘azabiga toqatingiz, iqobiga sabringiz va azobiga qudratingiz yetmaydi.

Doktor Abdul Muhsin Ahmad o‘zining bir qarindoshi bilan bo‘lgan voqeani aytib berdi. Voqeaga ko‘ra bir yigit ukasiga doim “Allohga hamd aytgin” desa, ukasi: “Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?” – der, Yaratganga bo‘yin eggisi kelmasdi.

Axir uning bu gapini olamlar Rabbi bo‘lgan Zot eshitib turibdi! Alloh uni ikki oyog‘i bilan yurg‘izib qo‘yibdi, qancha odamlar yura olishmaydi. Necha-necha insonlar ko‘rish ne’matidan mosuvo bo‘lganida, uning ko‘zlari ko‘rib turibdi.

Vaqt o‘tib yigit avtohalokatga uchraydi. Uning a’zolari qattiq shikastlanadi. Operatsiyadan so‘ng doktor Abdul Muhsin Ahmad uni bir umr nogiron bo‘lib qolganligini, tanasining yarmi ishlamasligini, aniqrog‘i, bir o‘limdan qolganligini aytadi.

Alloh buyuk! Uning ne’matlari cheksiz. Biz bandalar doim shukrda bo‘lmog‘imiz lozim. Zero, Alloh taolo aytadi: «...Albatta, Uning ushlashi alamli va shiddatlidir»[1].

Tasavvur qiling, bordi-yu, siz do‘zaxiylardan bo‘lsangiz, u yerdagi azobga chiday olasizmi?!  Albatta, yo‘q.

Shunday ekan Allohga tavba qiling! U Zotga xush kelmaydigan ishlardan qayting. Solih amallar ila Rabbingizga yaqinlashing.

Alloh bergan ne’matlarga shukr qiling. Gunoh va ma’siyatning kichikligiga qaramang. Allohning buyukligini nazaringizdan qochirmang. 

Alloh buyuk! U Zot sizni kutilmaganda ushlamasidan avval qalbingizni qo‘rquv ila to‘ldiring. Qazoingiz yaqinlashmasidan avval poklaning.  O‘lim kelgandagi pushaymondan naf yo‘q va buning uchun imkon berilmas...


Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.

 


[1]  Hud surasi, 102-oyat.