Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Dekabr, 2025   |   10 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:49
Peshin
12:31
Asr
15:22
Shom
17:07
Xufton
18:26
Bismillah
30 Dekabr, 2025, 10 Rajab, 1447

Kibr qanday ashaddiy dushman!

28.06.2022   2034   4 min.
Kibr qanday ashaddiy dushman!

Qayta tirilishni inkor etgan, dunyo hayotida qilgan amallaridan hisob berish yo'q deb o'ylagan imonsizlarning o'lim arafasidagi ayanchli holatini Alloh taolo Qiyomat surasida bunday bayon etadi: «Darhaqiqat(jon) halqumga etganda, (vafot etayotganga): “Dam soluvchi kishi bormi?” deb qolinganda, (jon taslim qilayotgan kimsaning) o'zi (bu dunyodan) ajralish ekanini anglaganda, (jon berish qiyinligidan) oyoq oyoqqa chalishib qolgan bir vaqtda yolg'iz Rabbingiz (huzuri)ga haydalish bordir. Na (Qur'on va payg'ambarni) tasdiq etdi (u) va na namoz o'qidi» (26–31-oyatlar).

Ushbu oyati karimalarda inson uchun umrning oxirgi – tavba eshigi yopilgan daqiqalari haqida so'z bormoqda. Odam bolasiga bundan og'ir musibat, ayanchli mag'lubiyat, bundan ko'ra achchiq nadomat yo'qdir. Chunki u johilligi, kibri, itoatsizligi bois hamma narsani shaytonga boy beradi. Buzuq e'tiqodi sababli o'zicha yaxshilik deb ishongan amallari ham chipkakka chiqadi.

Bunday vaziyatga tushishdan Alloh asrasin. Alloh taolo mo'minlarni johillarcha kibri sababli hayot jilovini butunlay nafsi va shaytonga topshirib qo'ygan zolimlardan yuz o'girishga, ulardan uzoq bo'lishga buyuradi. Shuningdek, taqvo qiluv­chi bandalar uchun bunday zolimlar­ning qilmishlaridan hisob berish yo'qli­gini aytadi. Lekin gunohlardan saqlanishlari uchun eslatma bilan boshqalarni ogohlan­tirishlari lozimligini ta'kidlaydi: “Dinlarini o'yin va behuda narsa qi­lib olgan va bu dunyo hayoti aldab qo'ygan­larni qo'yavering (ularga parvo qilmang)! Har bir jon (o'z) qilmishi sababli halok bo'lishi, Allohdan boshqa hech bir do'st va oqlovchi bo'lmasligi, badalning hammasini bersa ham, undan olinmasligini u (Qur'on) orqali eslating! (O'z) qilmishlari sababli azoblanadiganlar ana o'shalardir” (An'om surasi, 70-oyat).

Mo'minlar Alloh taoloning tavfiqi va rahmatidan bebahra qolmasliklari uchun yaxshi, solih amallardan vasila hozirlashlari lozim. Ey imon keltirganlar! Allohdan qo'rqingiz va Unga (yaqinlashtiruvchi savobli ishlardan) vasila (vosita) izlangiz hamda Uning yo'li (toati)da jiddu jahd qilingiz, toki (oxiratda) najot topgaysiz!” (Moida surasi, 35-oyat). Namoz, ro'za, zakot, haj, Qur'on tilovati, zikr – bular hammasi Alloh roziligi uchun xolis ado etilsa, vasila bo'lishi aniq.

“Taqvodor” so'zining bir ma'nosi arab lug'atida “xolis”, “astoydil”, “chin qalbdan intiluvchi” demakdir. Ya'ni Alloh taoloning roziligiga intiluvchi. Lekin bu intilish salohiyatini Alloh taolo, avvalo, ota-onaning roziligi, ik­kinchidan, solih zotlar – sahobalar, muj­tahid imomlar, avliyolarga ehtirom, uchinchidan, payg'ambarlarga imon keltirish, muhabbat qo'yish bilan bog'lagan. Ya'ni solih, savobli amal ota-ona roziligi, solih zotlar duosi, payg'ambarlar­ga ishonch, ehtirom tufayli Alloh taolo­ning dargohida qabuldir, inshoalloh. Agar banda johil, kibri va shayton vasvasasiga berilib, ushbu bog'lanishlarni mensimasa, yaxshi amallarining ham yo'lini to'sgan bo'ladi.

Abduhakim ORTIQOV,

Chiroqchi tumani

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz!

30.12.2025   1422   1 min.
Hamdardlik bildiramiz!

O‘zbekiston musulmonlar idorasi jamoasi Toshkent shahridagi «Ko‘kcha Oqtepa» jome masjidi imom-xatibi Abdulloh domla G‘ulomovning otasi Abdug‘ani hoji G‘ULOMOVning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya bildiradi.


Alloh taolo marhum otaxonni O‘z rahmatiga olib, oxiratini obod qilsin, makonini Firdavs jannatlardan aylasin.

Marhumning bu dunyoda qilgan barcha xayrli va ezgu ishlarini boshiga soyabon, oxiratiga zaxira qilsin.

Ortda qolgan barcha yaqinlariga go‘zal sabr bersin!

Innã lillãhi va innã ilayhi roji’un!
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhuma onaxonning yaqinlariga, xususan, Abdulloh domla G‘ulomovga hamdardlik bildiramiz.

* * * 

Janoza namozi bugun, 30 dekabr kuni peshin namozidan so‘ng Andijon viloyati Asaka shahri Oqbo‘yra mahallasida, marhumning xonadonida o‘qiladi. 

O'zbekiston yangiliklari