Hajning farzlari:
1. Ehrom;
2. Arafotda turish;
3. Ziyorat tavofi.
Yana ularga tobe bŭlgan farzlar ham bor. Hajning farzlarini birma-bir sanaĭmiz. Farz amallarining hukmi shuki: haj ibodati faqatgina ularni ado etish bilangina tŭg'ri bŭladi. Farz amallaridan birortasi tark bŭlsa, haj ibodati durust bŭlmaĭdi. Jonliq sŭĭish bilan u nuqson kŭtarilmaĭdi. Haj uchun ehrom bog'lab, hajning farzlaridan bo'lgan ziyorat tavofini bajara olmagan kishi ehromdan chiqmay turadi. Chunki ushbu tavof to qudrati etib, ado etilmaguniga qadar zimmadan soqit bo'lmaydi
Hajning vojiblari:
1. Cafo va Mapva tepaliklapi opacida ca'ĭ qilish;
2. Myzdalifada typish;
3. Tosh otish;
4. Sochni oldirish ëki qisqartirish;
5. Tavofyl vido qilish;
6. Qypbonlik cŭĭish (qipon va tamatty' hajini niyat qilganlapga).
Vojibning hukmi: vojib bŭlgan amallardan birini tark qilish bilan jazo lozim bŭladi. Haji haj bŭlsa-da, uzrsiz tark qilingan ŭrinlarda jonliq sŭĭish vojib bŭladi.
Hajning sunnatlari:
1. Ehromga kipish ychyn g'ycl qilish;
2. Ehromga kipish paĭtida xyshbŭĭlik cyptish;
3. Tavsiya etilgan o'rinlarda Labbaĭka (talbiya)ni aĭtib yurish;
4. Tavofyl-qudum qilish;
5. Tavof chog'ida etti mapta yzlykciz aĭlanish;
6. Sa'ĭning etti mapta bopib-kelishini ketma-ket qilish;
7. Sa'ĭda tahopatli bŭlish;
8. Tosh otishni kechaciga qoldipmaclik;
9. Tashpiq kechalapi Minoda ëtish.
Hajning harom va makruh amallari ham bŭlib, fiqh kitoblarimizda batafsil bayën qilingan.
Haj quĭidagi dalillar bilan farz bŭlgan:
“Odamlardan yo'lini topganlariga Alloh uchun baytni Haj qilmoq burchdir. Kimki kufr keltirsa, Alloh olamlardan behojatdir”(Oli Imron surasi, 97-oyat).
Abdulloh ibn Umar roziĭallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alaĭhi va sallam: «Islom besh narsaga bino qilingan: «Allohdan o'zga iloh yo'q, Muhammad Allohning Rasulidir», deb guvohlik berish, namozni to'kis ado etish, zakot berish, haj qilish va Ramazon ro'zasini tutish», dedilar» (Muttafaqun alayh).
Haj hijriĭ tŭqqizinchi ĭilning oxirida farz bŭlgan. Lekin ma'lum sabablarga kŭra, Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam ŭsha ĭili haj qilmadilar. Keĭingi ĭil ŭninchi sanada juda katta jamoat bilan haj qildilar. Bu voqea tarixda “Hajjatul vado'” – vidolashuv haji nomi bilan mashhur.
Hajning farzligi Kitob, sunnat va ijmoi ummat bilan sobit bŭlgan. Haj qilmoqchi bŭlgan kishi balog'atga etgan, aqli raso, sog'lom, safar harajatlariga qodir, hajga borib kelguniga qadar ŭz qaramog'idagilarni nafaqa bilan ta'minlagan bŭlishi kerak. Yŭllar ochiq va bexatar bŭlishi ham shart qilinadi. Kimda mana shu shartlar topilsa, unga haj farz bŭladi.
Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam umrlarida bir marta haj, tŭrt marta umra qilganlar.
Davomi bor...
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlarining
"Haj buyuk ibodatdir" nomli kitoblaridan olindi.
X asrning oxiri va XI asrning boshlarida Xorazm va Buxoro ilmiy muhitida antik davr yunon falsafasi hamda tabiiy fanlar merosini qayta ko‘rib chiqishga bo‘lgan qiziqish nihoyatda kuchaydi. Aristotelning “Osmon va olam haqida” hamda “Fizika” asarlaridagi ayrim xulosalar o‘sha davr tadqiqotchilari tomonidan so‘zsiz haqiqat sifatida qabul qilinayotgan bir paytda, taxminan 24–26 yoshlardagi Beruniy antik muallifning ayrim qarashlarini amaliy kuzatuv va matematik mantiq yordamida shubha ostiga oldi. Beruniy o‘z e’tirozlari va savollarini xat orqali Buxoroda yashab ijod qilayotgan, o‘sha vaqtda 17–19 yoshlarda bo‘lgan Ibn Sinoga yubordi. Ushbu tarixiy muloqotning bizgacha yetib kelgan matni Ibn Sinoning Beruniy tomonidan berilgan savollarga qator javoblaridan iborat. Manbashunos va sharqshunos Yu.Zavadovskiy ushbu qo‘lyozma matnini rus tiliga o‘girgan va u ilk bor 1957 yilda Toshkentda nashr etilgan. Keyinchalik, 1973 yilda Beruniy tavalludining 1000 yillik yubileyi munosabati bilan falsafa fanlari nomzodi A.Sharipov tomonidan tayyorlangan qayta nashrda ushbu yozishmalarning ilmiy ahamiyati yanada aniqroq yoritilgan.
Beruniyni Aristotel ta’limotidagi ba’zi fizik qoidalarning kuzatuv va tajribaga zid kelishi alohida tashvishga solgan edi. Xususan, “Fizika” bo‘limiga oid savollar orasida moddalarning nur sindirishi va issiqlik yig‘ish xususiyatiga oid aniq tajriba bayon qilinadi. Xorazmlik olim dumaloq va shaffof shisha idishni olib, uni suv bilan to‘ldirganda u billur lupa kabi quyosh nurlarini bir nuqtaga to‘plab, alanga oldirish xususiyatiga ega bo‘lishini ko‘rsatib o‘tadi. Agar ushbu idish suv o‘rniga havo bilan to‘ldirilsa, hech qanday nur yig‘ilmaydi va olov hosil bo‘lmaydi. Beruniy Ibn Sinoga murojaat qilib, suvning bunday o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatishi sababini va nega aynan suv mavjud bo‘lganda nurlar to‘planishini so‘raydi. Sharqshunos A.Sharipov tadqiqotlarida ta’kidlanganidek, bu kabi savollar Beruniyning shunchaki nazariy mulohaza yuritmagani, balki aniq fizik hodisalarni tajribada tekshirib ko‘rganini tasdiqlaydi.
Ibn Sino Beruniyning bu savoliga javob berar ekan, suvning tabiatan tiniq, zich va silliq jism ekanini, shu sababli u o‘zidan o‘tayotgan nurni akslantirish va qaytarish xususiyatiga egaligini tushuntiradi. Optimika masalalarida olimlar o‘rtasidagi bahs Platon va Aristotel maktablarining qarashlarini qiyoslash darajasigacha yetib boradi. Ibn Sino ko‘rish jarayoni ko‘zdan nur chiqishi orqali yuz bermaydi degan Aristotel pozitsiyasini himoya qiladi va bu borada Platon qarashlaridan farqli yondashuvni ilgari suradi.
Beruniyning yana bir e’tiborga loyiq tajribaviy savoli suv va muzning zichligi hamda og‘irligi o‘rtasidagi munosabatga bag‘ishlangan. Aristotel nazariyasiga ko‘ra, sovuq va toshsimon qattiq shaklga ega bo‘lgan muz o‘z mohiyatiga ko‘ra tuproq elementiga yaqinroq bo‘lishi va suv tubiga cho‘kishi kerak edi. Lekin Beruniy amaliyotda muzning suv yuzida suzib yurishini ko‘rib, bu hodisaning fizik sababini so‘raydi. Ibn Sino o‘z javobida suv muzlagan paytda uning tarkibida havo zarralari qotib qolishini va aynan shu suyuqlik ichidagi havo pufakchalari muzni suv tubiga cho‘kishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlaydi. Yu.Zavadovskiy tomonidan o‘rganilgan ushbu ommaviy munozara o‘sha davr uchun moddalarning fizik holati va termodinamika boshlang‘ich tushunchalari bo‘yicha muhim qadam edi.
Kosmologiya va fazoviy geometriya sohasida ham Beruniy Aristotel da’volarini jiddiy sinovdan o‘tkazadi. Aristotel fazoda osmon sferasi og‘irlikka ham, yengillikka ham ega emas, chunki u markazga yoki markazdan atrofga harakat qilmaydi deb hisoblar edi. Beruniy esa xayoliy tafakkur nuqtayi nazaridan osmon jismi eng og‘ir jismlardan biri bo‘lishi mumkinligini, uning markazga tushmasligi uning vaznsizligini anglatmasligini ilgari suradi. Shuningdek, Beruniy fazo shakli borasida ham to‘xtalib, osmon sferasi mukammal sharsimon bo‘lishi shartligi, u tuxumsimon yoki yasmiqsimon shaklda ham bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi. Ibn Sino esa geometriya va fizika dalillarini keltirib, agar sfera sharsimon bo‘lmasa, uning harakati paytida bo‘shliq hosil bo‘lishi zaruriyatini isbotlashga urinadi.
Aristotelning fazoda olamning o‘ng va chap tomonlari haqidagi qarashlari ham Beruniyning keskin tanqidiga uchraydi. Aristotel jismning o‘ng tomoni harakat boshlanadigan joy deb ta’rif berib, keyinchalik Osmon harakati sharqdan boshlanadi, demak Sharq – bu o‘ng tomon degan xulosa chiqargan edi. Beruniy bunday xulosa chiqarish logikada “mantiqiy aylana” xatoligiga olib kelishini ko‘rsatib o‘tadi. Ibn Sino o‘z javobida Aristotel osmon sferasini tirik jism sifatida tasavvur qilganini aytib, antik muallif mantig‘ini himoya qilishga harakat qiladi.
Ushbu yozishmalar matni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining 2385-raqamli qo‘lyozmalar fondida saqlanib qolgan. Mazkur manbaning bizgacha yetib kelishida xatlarni ko‘chirib yozgan faqih Ma’sumiyning xizmati borligi xat oxiridagi qaydlarda eslatib o‘tiladi. Yu.Zavadovskiy va A.Sharipov tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, XI asr boshidagi bu ilmiy bahs nafaqat ikki mutafakkirning shaxsiy muloqoti, balki Turonda tabiatshunoslik fanlari va kuzatuv tajribalariga asoslangan yangi ilmiy uslub shakllanganining tarixiy isbotidir.
Beruniy va Ibn Sino o‘rtasidagi yozishmalar X-XI asrlarda Xorazm va Buxoroda shakllangan ilmiy tafakkur darajasi antik davr falsafasini shunchaki o‘zlashtirish bilan cheklanmay, uni aniq tajriba va mantiqiy tahlil vositasida tanqidiy qayta ko‘rib chiqish bosqichiga ko‘tarilganini anglatadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati