Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Noyabr, 2025   |   26 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:51
Quyosh
07:13
Peshin
12:13
Asr
15:21
Shom
17:06
Xufton
18:22
Bismillah
17 Noyabr, 2025, 26 Jumadul avval, 1447

Bo'lg'usi hojilar Haj amallarini ado etish uchun tayyorgarlik ko'rmoqdalar

28.06.2022   1226   2 min.
Bo'lg'usi hojilar Haj amallarini ado etish uchun tayyorgarlik ko'rmoqdalar

Farg'ona viloyatidan Haj amallarini ado etish uchun muqaddas Harami sharifga tashrif buyurgan ziyoratchilar ayni vaqtda "Abroj al-Hidoya" mehmonxonasida istiqomat qilmoqdalar.

Ziyoratchilarimiz hozirgacha umra ibodatini amalga oshirib, kunlik ibodatlarini Harami sharifda ado etmoqdalar. Qolaversa, malakali guruh rahbarlari, imom-xatiblar ishtirokida ma'rifiy uchrashuvlar tashkil etilib, unda Haj amallarini ado etish tartibi haqida tushunchalar berilmoqda.

Shuningdek, ziyoratchilar uchun uch mahal — nonushta, tushlik va kechki ovqatlar tashkil etilgan.

— Men bu muqaddas joylarga kelishni intizorlik bilan kutdim. Hozir haj amallari boshlanishini ham intiqlik bilan kutyapman. Bu ibodat bandani Robbisiga yaqinlashtiradigan, sabr va toqatdan ta'lim beradigan, bir so'z bilan aytganda insonni ham ruhan, ham jismonan chiriqtiradigan amaldir. Bu erda kerak bo'lsa har qadamimiz, har so'zimiz bilan imtihon qilinamiz. Ilohim, ushbu amallarni osonlik ado qilishimizni nasib qilsin. Alloh bizga oson qilsin, — deydi Hikmatxon Abdullayeva.

Biz ham butun dunyo musulmonlari qatori bu yil Haj ibodatini ado etishga taraddud ko'rayotgan barcha yurtdoshlarimizning ibodatlari qabul, duolari ijobat bo'lishini tilaymiz!

Rahmatulloh Jalilov,
Saudiya Arabistoni, Makka shahridan

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Dunyoga muhabbat va ibodat bir-biriga nomuvofiqdir

12.11.2025   2429   1 min.
Dunyoga muhabbat va ibodat bir-biriga nomuvofiqdir

Imom Abul-Hasan ash-Shozaliy quddisa sirruhu dedilar:

“Agar bandaning ko‘nglida bu va u dunyodagi biror narsaga nisbatan moyillik bo‘ladigan bo‘lsa, u Allohga qurbiyat hosil qilolmaydi, ya’ni yaqinlasholmaydi. Allohga yaqinlik (qurbiyat) faqat samimiy-haqiqiy ibodat bilan qo‘lga kiritiladi. Bandaning ko‘nglida bu dunyo yoxud dunyodagi mavjud narsalardan biror nimagadir nisbatan  mehri va moyilligi qolgan  bo‘lsa, u o‘sha bilan bilan ovora bo‘lib qoladi, uning darajasi bundan yuqoriga ko‘tarilmaydi” .

Shuningdek, Abul Hasan Ali ibn al-Mazindan naql etadilar: “Agar siz bir odamni juda maqtasangiz va hatto nomiga “siddiq” sifatini izofa etsangiz ham, bu bandaning ko‘nglida dunyoga ozgina muhabbat qolgan bo‘lsa, Alloh o‘sha qulga e’tibor nazari bilan qaramaydi. Allohga qasamki, Allohni tanish (ma’rifatulloh) yo‘lida qaysidir tariqat ahlining ko‘nglida dunyo boyligining qaysi bir xiliga erishganligi uchun qanoat va mamnunlik tuyg‘usi hosil bo‘lgan bo‘lsa, shubhasiz, halok bo‘lgani o‘shadir” .

Imom ash-Shozaliy quddisa sirruhu dedilar:

“Dunyoga muhabbat qo‘ygan holda Allohga ibodat qilish faqat ovoragarchilik, ko‘ngil bezovtaligi va tan charchog‘i xolos, u holdagi qilingan ibodat go‘yoki ruhi yo‘q tanga o‘xshaydi. Zohidlik va tarki dunyochilikning chin mohiyati qaysidir biror xildagi dunyoviy manfaatlarni qo‘lga kiritish yo kiritmaslikda emas, balki dunyoga muhabbat qo‘yish yo qo‘ymaslik xususidadir. Shuning uchun Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam bizni savdo-sotiq yoxud kasbu hunar bilan mashg‘ul bo‘lishdan ma’n etmadilar”.

"Axloqus solihiyn" (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.