Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Aprel, 2026   |   28 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:41
Peshin
12:28
Asr
17:07
Shom
19:09
Xufton
20:27
Bismillah
17 Aprel, 2026, 28 Shavvol, 1447

Diniy idora matbuot xizmati takdirlandi

25.06.2022   1290   2 min.
Diniy idora matbuot xizmati takdirlandi

Bugun, 25 iyun' kuni O'zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni”ga bag'ishlab tadbir o'tkazildi. Unda Prezident maslahatchisi, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O'sarov, jurnalistlar, Akademiya o'qituvchi va xodimlari qatnashdi.

Tadbirni Prezident maslahatchisi, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish so'zi bilan ochib, O'zbekistonda jurnalistlarning bayrami alohida sanada bayram tarzida keng nishonlanishi, ushbu soha vakillariga Prezidentimiz har yili bayram tabrigi yo'llashi, Vatanimizning yangi taraqqiyot bosqichida barcha jabhalar qatori diniy-ma'rifiy sohada ham ulkan o'zgarish va islohotlar bo'layotgani, buni yurtimiz va butun dunyo aholisiga etkazishda jurnalistlarning xizmati beqiyos ekani, ular bilan hamkorlik qilish katta sharaf bag'ishlashini ta'kidlab, ushbu bayram bilan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi.

Shundan so'ng O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O'sarov so'zga chiqib, tashkilotchilarga OAVlari nomidan taklif va tabrik uchun minnatdorchilik bildirdi. So'ng Prezidentimiz sanoqli soha vakillari qatori ommaviy axborot vositari vakillarini ham kasb bayrami bilan tabriklashi ushbu sohaning jamiyatimizdagi nufuzi va o'rnini ko'rsatishini qayd etdi.

Tadbir davomida matbuot, teleradio, internet va tashkilotlar Mabuot xizmatlari jurnalistlari, xususan, O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xodimlariga “Tashakkurnoma” va esdalik sovg'alari topshirildi.

Taqdirlash marosimidan so'ng OAVlari vakillari ham so'zga chiqib, e'tibor va ehtirom uchun minnatdorchilik bildirildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Sizga tinchlik va Allohning rahmati bo‘lsin!

16.04.2026   2713   4 min.
Sizga tinchlik va Allohning rahmati bo‘lsin!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Haqqa yaqin bo‘lgan bandalarning oldida dunyoning chin haqiqati ochilib bo‘lgandir. Ular uning qanchalar haqir va arzimas ekanligini yaxshi biladilar.  Shuning uchun unga ahamiyat ham e’tibor ham bermaydilar. Naql qilishadiki, bir gal janobimiz hazrati Ali ibn Abu Tolib karamallohu vajhahu qabristonga kelib uning ahliga yuzlangan holda dedilar:

– Assalomu alaykum, ey qabr egalari! Sizga tinchlik-omonlik va Allohning rahmati bo‘lsin! Siz o‘z dunyoyingiz yangiliklaridan xabar berasizmi yo biz o‘zimiznikidan aytaylikmi?

Bunga javoban shunday ovoz eshitildi:

– Sizga ham tinchlik-omonlik va Allohning rahmati bo‘lsin! Bizdan so‘ng nimalar bo‘lgani haqida avval siz  gapirib bering!

Shunda hazrati Ali roziyallohu anhu davom etdilar:

– Mulkingiz taqsimlandi, xotinlaringiz erga tegib, bolalaringiz yetim bo‘lib qolishdi, mustahkam uylaringizga dushmanlaringiz kirib, joylashib olishdi. Bizda shunaqa yangiliklar. Sizdachi?

 Yana o‘sha  ovoz javob qaytardi:

– Kafanlarimiz ado bo‘ldi, sochlarimiz to‘kilib, badanlarimiz bo‘laklarga bo‘lindi, ko‘zlarimiz, burunlarimiz yonoqlarimizdan oqib tushib, chirib ketdi. Dunyoda ne qilgan bo‘lsak, bu yerda o‘shanga yarasha (muqobili)ni topdik, o‘zimizdan so‘ng qoldirgan dunyolarimiz uchun esa, hasratdamiz. Qilgan ishlarimizning tutqunlarimiz.

Fuzayl ibn Iyoz quddisa sirruhu deydilar:

“Bordiyu menga butun dunyoni qiyomat kunida hisobini bermaslik sharti bilan taklif etishganlarida ham qabul qilmagan bo‘lardim. Men uchun bu dunyo hatto yonidan o‘tilganda ham kiyimni bulg‘ab qo‘yishi mumkin bo‘lgan bir o‘limtik kabi manfurdir!”.

Ibrohim Adham quddisa sirruhu go‘sht narxi oshayotganini bilib:

– Arzonlashtiring, ya’ni umuman sotib olmang! – dedilar.

Shunday qilib ahli tariqatlar quyidagi xulosaga keldilar:

“Kimki dunyoga muhabbat va havas ko‘zi bilan boqsa, Alloh uning qalbidan  zuhd va yaqin (chin ishonch) nurini tamomila olib qo‘yadi ”.

Abul-Husayn Havvoriy quddisa sirruhu-dan dunyo lazzatiga ko‘ngul bermaslik va undan qutilish haqida so‘raganlarida, u zot quddisa sirruhu  shunday javob berdilar:

– Zuhd – bu dunyoga tahqir ko‘zi bilan qarash hamda undan batamom, oxirgi haddigacha, sharaf bilan voz kechishdir.

Hurmatli janobimiz, qutbul – orifiyn Sayyid Ahmad Husayn quddisa sirruhu “Al Iqd an-nafis” kitobida yozadilar:

“Alloh Muso alayhissalomga dedi: “Agar Senga faqirlik yetgan bo‘lsa: “Marhabo, xush kelibsan, ey solihlar sifati!” deb, kutib olgin. Agar dunyo kelganini ko‘rsang: “Bu gunohlarim sababli shu dunyoning o‘zidayoq yetgan balo!” deb hisoblagin”.

Hadisi sharifda marhamat etiladi:

“Sizlar qanoatli bo‘linglar! Chunki qanoat bitmas-tuganmas boylikdir” (Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilingan, Imom Tabaroniy rivoyati)

Solihlardan birlari debdilar:

“Qanoat, mening fikrimimcha, mabodo uchrab qolsa, yaxshi pishgan va yaxshi pishmagan arpa nonini farq qilmaslik hamda o‘shanda ham namoziga quvvat bulgunchalik miqdorda tanovul qilish bilan kifoyalanishdir”. 

Salafi solihiyn qazo bo‘lgan bolasi uchun motam tutib yig‘lab, qazo bo‘lgan namoziyu umri uchun afsus chekib yig‘lamagan insonni, nodon, ahmoq deb bilgan ekanlar. Aslida bunday odam go‘yo shunday deyayotgan kabi: “Meni Allohimdan chalg‘itgan narsa uchun yig‘layapman”.
U aksincha, bu holdan xursand bo‘lib, batamom Allohga  yuzlanishi kerak edi, chunki Parvardigor uni mashg‘ul qilib turgan narsadan qutqarib, O‘ziga yaqin bo‘lish uchun imkoniyat yaratib beryapti.

Darhaqiqat, bolalar, ayollar, xizmatkoru do‘stlar sen o‘lib qolguday bo‘lsang,  sen uchun yig‘lamaydilar, balki sendan olishlari mumkin bo‘lgan narsani yo‘qotganlari uchun yig‘laydilar xolos. Shu sababli ulardan avvalroq: “Men uchun yig‘lashlaridan oldin Allohdan olishim mumkin bo‘lgan narsalarni olish imkoniyatini qo‘ldan berganim sababli o‘zim uchun o‘zim yig‘laganim yaxshiroqdir”,  deb aytib, o‘zing yig‘la.

Alloh kimnidir o‘ziga do‘stlik sharafi bilan e’zozlabdimi, albatta, uning ko‘ziga dunyoni  xunuk  qilib qo‘yadi.

“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.

Maqolalar