2022 yili Sirdaryo viloyatidan 350 nafar hamyurtimiz muborak Haj ziyoratiga yuborilishi rejalashtirilgan, xabar bermoqda O'zA.
Ma'lum bo'lishicha, Saudiya Arabistonining Madina va Makka shaharlarida ziyoratchilar uchun barcha zamonaviy qulayliklar muhayyo etilgan.
– Shunday qutlug' kunlarga etganimizga shukr, - deydi Sardoba tumanidan Izzat Sattorov. – Turmush o'rtog'im bilan muborak Haj ziyoratiga otlanyapmiz. Buning quvonchini, qalbimizdagi shukronalikni so'z bilan ta'riflash qiyin. Yurtimizdagi xayru barakaga, dorilomon kunlarga ko'z tegmasin, deya duoga qo'l ochamiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).