Bugun, 23 iyun kuni Muftiy Nuriddin domla hazratlari Makka shahrida bo‘lib turgan ziyoratchilar bilan suhbat o‘tkazib, haj qilish ne’mati haqida mav’iza qilib berdilar.
Muloqot avvalida Qur’oni karim oyatlari tilovat qilinib, haj safari muvaffaqiyatli o‘tishini tilab, duolar qilindi.
Muftiy hazratlari so‘zlarida Makka va Madina shaharlarini ziyorat qilish ulkan saodat ekani, bu ulug‘ shaharlarda Rasul alayhissalom yurganlari, Islom tarixidagi muhim voqealar sodir bo‘lgani, haj ulug‘ ibodatligi, bunday sharafga yetkazayotgani uchun Alloh taologa shukrona keltirish, har bir ziyoratchi hojilik maqomiga yetishish yo‘lida yuksak ixlos, go‘zal odob bilan harakat qilishi zarurligini alohida qayd etdilar.
Yig‘ilish yakunida Toshkent shahar bosh imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfuddinov ziyoratchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati