Saudiyalik qadimgi tillar bo'yicha mutaxassislar, Makka shahrida topilgan 1400 yillik toshdagi matnni o'qiy olishdi. Rlanet-today ma'lumotiga ko'ra, artefaktdagi yozuvda arab davlat arbobi va siyosatchi, Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning eng yaqin sahobalaridan biri, uchinchi roshid xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhu haqida so'z boradi.
Bundan avval ushbu matn hijratning 24-yilida, ya'ni 1419 yil oldin tuzilgani haqida taxmin qilingan edi. Endi qadimiy tillar bo'yicha mutaxassislar bu taxminni tasdiqlashdi. Butun ekspertlar guruhi matnning birinchi qatorini o'qiy olishga muvaffaq bo'lishdi. Unda shunday yozilgan: "men Zuhayr Allohga ishondim va 24 yilda ibn Affonning vafot etgan vaqtini yozdim".
Makkada topilgan artefakt so'nggi paytlarda arxeologlar tomonidan topilgan eng muhim topilmalardan biri sifatida tan olingan. Olimlar aslida islom tarixi boshlanishidagi eng muhim voqealar haqida hikoya qiluvchi hujjatli dalillarni oldilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).