Shu kunlarda O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida bo'lgan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohimjon domla Inomov Rossiya Federatsiyasinida xizmat safari bilan bo'lib turibdi.
Ibrohimjon domla Inomov safar davomida Rossiya Federatsiyasining turli viloyatlarida bo'lib, u erda ta'lim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz holidan xabar olib, ular faoliyat yuritayotgan joylarda yaratib berilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishmoqda.
Shuningdek, har bir hududda rasmiy doiradagi mas'ullar bilan uchrashib, vatandoshlarimiz huquq va manfaatlarini to'la ta'minlash masalalari muhokama qilinmoqda. Bunday uchrashuvlar diniy-ma'rifiy yo'nalishda ham olib borilayotgani nihoyatda samarali kechmoqda.
O'zbekiston delegatsiyasining ushbu mamlakatga tashrifi shu yil 26 iyungacha davom etadi.









O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Savol: Muskat yong‘og‘ini davo uchun iste’mol qilish mumkinmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Soha mutaxassislari muskat yong‘og‘i tarkibida insonni mast qiluvchi modda bor ekanini ta’kidlaydilar. Shu tufayli fuqaholar mazkur mevani mast bo‘lish maqsadida iste’mol qilishni harom sanaydilar. Ammo davo maqsadida mast qilmaydigan darajada oz miqdorda iste’mol qilish yoki taomga qo‘shishni joiz, deyishgan. Vallohu a’lam
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.