Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Yanvar, 2026   |   10 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:54
Shom
17:39
Xufton
18:54
Bismillah
29 Yanvar, 2026, 10 Sha`bon, 1447

«Raf'ul-yadayn» masalasi va hanafiy mazhabi hujjatlari

20.06.2022   1167   8 min.
«Raf'ul-yadayn» masalasi va hanafiy mazhabi hujjatlari

Fiqhiy istilohda “raf' ul-yadayn” deb namozda qo'llarni elka barobaricha ko'tarishga aytiladi. O'rta osiyo xalqlari orasida hanafiy mazhabi keng yoyilgani uchun, xalqimiz namozda bir marta – namozni boshlashdagi “takbiri iftitoh”  chog'idagina “raf' ul-yadayn” qiladi. Zotan hanafiy mazhabining ta'limoti ham shu.

Ammo ba'zida boshqa mazhablar ta'limotiga mos tarzda “raf' ul-yadayn” qiladigan namozxonlar ham uchrab qoladi. Ular xuddi shu masalada hanafiy mazhabi muassislarini “raf' ul-yadayn” haqidagi hujjat-hadislarni bilmagan, ya'ni ularga etib kelmagan deb o'ylaydilar va shundan kelib chiqib boshqa, xususan shofe'iy mazhabiga muvofiq “raf' ul-yadayn” qiladilar.

Aslida shularning o'zlari “raf' ul-yadayn”  borasida hanafiy ulamolar hujjat qilgan dalillarni bilishmaydi. Agar bilganlarida hanafiy mazhabi ulamolariga nisbatan “Hanafiylar “raf' ul-yadayn” borasida sunnatga zid fatvo bergan” demagan bo'lardilar.

Shunga ko'ra, maqolada “raf' ul-yadayn” haqida Islom fuqaholarining necha xil fikri borligi va xusasan hanafiy mazhabi mujtahidlarining hujjatlarini yoritib berishni maqsad qildik. Toki, bu mavzuda hanafiylarning ham hujjatlari borligini bilib olsinlar.

Hullas, bu masalada uch xil mazhab bor:

Birinchi

Hanafiy mazhabi fuqaholari: “Namozxon ikki qo'lini faqat namozni boshlashda takbiri tahrima aytish jarayonidagina ko'taradi xolos, boshqa o'rinlarda ikki qo'l ko'tarilmaydi”, deb aytganlar.

Va yana sahobalardan Ali va Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo ikkovlari namozda faqat takbiri tahrima aytishdagina ikki qo'llarini ko'targan. Boshqa o'rinlarda qo'llarini ko'tarmaganlar.

Shuningdek, salafi solih fuqaholardan Abdurahmon ibn Abu Laylo, Sufyon Savriy va Hasan ibn Hayy rahimahumulloh ham xuddi hanafiylardek fatvo berganlar.

Abu Bakr ibn Ayyosh rahimahulloh shunday degan: “Men o'z davrim faqihlari orasida takbiri tahrimadan boshqa o'rinda qo'llarini ko'taradigan faqihni bilmayman. Men bilgan faqihlarning hammasi faqat takbiri tahrima chog'ida qo'lini ko'tarar edi”.

Ikkinchi

Molikiylar. Imom Molik rahimahulloh esa bu mavzuda: “Namozxon namozning hech bir holatida ikki qo'lini ko'tarmaydi. Bu bu haqida biror ma'lumot borligini bilmayman. Namoz takbirlarida ham, ruku va sajdaga borish yo qaytishda ham. Lekin namozni boshlashda ikki qo'lini salgina ko'tarib qo'ysa bo'ladi” – degan.

Imom Molik rahimahullohning aynan o'zidan “Muvatto”ni rivoyat qilgan roviylardan biri va eng mashhuri Ibn Qosim rahimahulloh: “Imom Molikdan “Namozning falon joyida qo'l ko'tariladi” deb qilingan rivoyatlarning hammasi za'if sust rivoyatlardir” deb aytgan.

Ashhab rahimahulloh esa, imom Molikdan “Ikki qo'l faqat takbiri uvlodagina ko'tariladi” deb rivoyat qilgan. Yana bir rivoyatida esa “Imom rukudan qaytishda “Sami'allohu lima hamidah” degan chog'i ikki qo'lini ko'taradi”, deb aytgan.

Uchinchi

Imom Shofe'iy rahimahulloh: “Namozni boshlashda, rukuga takbir aytganda va rukudan boshini ko'targanda ikki qo'l ko'tariladi. Sajdaga ketishda va undan qiyomga turishda qo'l ko'tarilmaydi” degan. (Shu ergacha barcha ma'lumotlar imom Tahoviy rahimahullohning “Muxtasaru ixtilafil-ulama” nomli asaridan olindi. 1 – J. 199 – B.  Masala 133).

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan har bir fikr egasi mutlaq mujtahidlik maqomiga erishgan, o'z davrining ilm va taqvoda tengsiz olimlari bo'lgan. Har biri shariat nomidan biron fatvo aytar ekan, albatta bu dunyoda ham, Allohning xuzurida javob berish mas'uliyatini to'laqonli his qilganlar. Imom Abu Hanifa ham, imom Molik ham, imom Shofe'iy ham yuqoridagi qarashlarida kuchli dalillarga ega. Birortalari bedalil bu fatvoni bergan emas.

Muqaddimada aytib o'tganimizdek, endi hanafiy mazhabi faqihlarining dalillarini taqdim qilamiz:

1-) Sufyon Osim ibn Kulaybdan, u Abdurahmon ibn Asvaddan, u Alqamadan, u Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan u Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning namozi haqida shunday degan:

انه كان يرفع يديه في اول تكبيرة ثم لا يعود

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo'llarini namoz boshlashdagi takbir chog'ida ko'tarar edilar. Keyin qayta ko'tarmasdilar”. (Hadis rivoyat qilingan manbalar: Imom Tahoviy, Ma'oniy al-asor, 1/224.  Abu Dovud, Sunan, 1/192. Termiziy, Sunan, 2/40. Nasaiy, Mujtabo. 2/182, 195).

2-) Hammod Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytgan:

صليت خلف النبى صلى الله عليه و سلم و ابى بكر و عمر رضى الله عنهما فكانوا لا يرفعون ايديهم إلأ عند إفتتاح الصلوة

Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning, Abu Bakr va umar roziyallohu anhumaning ortlarida namoz o'qiganman. Ular ikki qo'lini faqat namozni boshlashdagina ko'tarar edilar”. (Hadis rivoyat qilingan manbalar: Doraqutniy, Sunan 1/295. Bayhaqiy, Kubro, 2/79 va 80).

3-) Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu shunday rivoyat qilganlar:

الا أصلى بكم صلوة رسول الله صلى الله عليه و سلم؟ ٌالوا بلى. و رفع يديه فى التكبيرة الاولى ثم لم يرفع بعد ذلك

men sizlarga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning namozlarini ko'rsatib o'qib beraymi? Sahobalar “Ha, albatta” – dedilar. U kishi shunda birinchi takbir aytishda ikki qo'lini ko'tardilar va keyin boshqa ko'tarmadilar”. (Hadis rivoyat qilingan manbalar: Ibn Abu Shayba, Musannaf, 1/267. Bayhaqiy, Kubro, 2/78. Sharhus sunna. 3/24).

4-) Yazid ibn Abu Ziyod Abdurahmon ibn Abu Laylodan, u Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:

كان النبى صلى الله عليه و سلم إذا إفتتح الصلوة رفع يديه حتى يحاذى بهما أذنيه ثم لا يعود

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namoz boshlaganlarida ikki qo'llarini quloqlari ro'parasigacha ko'tarar edilar, keyin bu amalni qaytarmas edilar”. (Hadis rivoyat qilingan manbalar: Doraqutniy, Sunan 1/293. Imom Tahoviy, Ma'oniy al-asor, 1/225.  1/267. Bayhaqiy, Kubro, 2/76).

Aziz o'quvchi, ko'rib turganingizdek “raf' ul-yadayn” haqidagi dalillar, hadislar hanafiy mazhabi fuqaholariga etib borgan. Ular bu mavzudagi barcha hujjatlarni puxta o'rganib, o'zlari sahih va ishonchli deb bilganlarini amalga tatbiq qilganlar. Shunga binoan hanafiy mazhabi fuqaholari ikki qo'lni quloqlar yumshog'igacha faqatgina namoz boshlash chog'ida bir marta ko'tariladi, deb fatvo berganlar. Hanafiylarning bu fatvosi aslo sunnatga zid emas! Balki ayni sunnatning o'zginasidir!

Botirjon TOJIBOYeV

Andijon shahar “G'IShTLIK” jome masjid imomi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sport – birdamlik ramzi

28.01.2026   3672   2 min.
Sport – birdamlik ramzi

Sog‘ tanda – sog‘lom aql

Inson tetik, bardam va baquvvat bo‘lishi uchun muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi kerak. Ayniqsa, bugungi farovon hayotda – har bir oilada jon boshiga bittadan avtoulov to‘g‘ri kelayotgan davrda bu juda muhim.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbuslari bilan diniy soha xodimlari o‘rtasida «Sog‘ tanda – sog‘lom aql» shiori ostida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha  musobaqalar bo‘lib o‘tyapti.
Bugun, 28 yanvar kuni poytaxtimiz imom-xatiblari va imom noiblari o‘rtasida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka musobaqalarining Toshkent shahar bosiqchi juda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Musobaqani Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov va hamkor tashkilotlar mutasaddilari ochib berdilar.
Tabiiyki, musobaqalarda tez qaror qabul qila oladigan, abjir, chaqqon va epchillarga omad kulib boqadi.

Voleybol bo‘yicha 

1-o‘rin Yunusobod tumani 
2-o‘rin Uchtepa tumani  
3-o‘rin Sergeli tumani diniy soha xodimlariga nasib etdi.

Stol tennisi musobaqasida 

1-o‘rin Yunusobod tumani «Masjidul Xayr» masjidi imom noibi Adhamxo‘ja domla Hikmatullayev; 
2-o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumani «Oltintepa» masjidi imom noibi Rahmatulloh domla Hikmatullayev; 
3-o‘rin Mirobod tumani «al-Badr» masjidi imom noibi Jamshid domla Nazarov loyiq ko‘rildi.

Shashka yo‘nalishida 

1-o‘rin Shayxontohur tumani «Obidxon Maxdum» masjidi imom noibi Adham domla Latipov; 
2-o‘rin Uchtepa tumani «Aziz ota» masjidi imom noibi Abdurahmon domla Kamolov; 
3-o‘rin Yunusobod tumani «Omina» masjidi imom noibi Abdurahim domla To‘raqulov munosib ko‘rildi.

Shaxmat bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi:

1-o‘rin Bektemir tumani «Bektemir» jome masjidi imom-xatibi Ziyovuddin domla Aymuhamedovga; 
2-o‘rin Sergeli tumani «Ma’ruf ota» masjidi imomi Sarvar domla Muhammadiyevga; 
3-o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumani «To‘ra buva» masjidi imom noibi Muhammadamin domla Abdullajonovga nasib etdi.

G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.

Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi
O'zbekiston yangiliklari