— Hozirgi kunda mo'mina qizlarimiz boshqa din, boshqa millat yigitlari (masalan, xitoy, koreys, rus va boshqa)ga turmushga chiqib ketayotganini ko'p eshityapmiz. Dinimizda muslima ayolning o'zga din vakiliga turmushga chiqishi borasida nima deyilgan? Aksincha, muslima bo'lmagan qizlarning musulmon yigit bilan oila qurishi masalasida-chi?
— Nikoh insoniy aloqalar ichida eng muqaddas va ahamiyatlisidir. Nikohdagi ikki shaxs bir-biriga eng yaqin shaxslar hisoblanadi. Bu holga erishish avvalo, qalblarning birlashmog'ini, qalblarning birlashmog'i esa aqiyda birligini taqozo etadi. Chunki har bir insonning hayotiy yo'lini belgilaydigan o'lchov uning diniy nuqtai nazari bo'ladi. Shu boisdan Islom aqiydasida buzuq ayollarga uylanish, mushrik erkaklarga turmushga chiqish man etiladi.
Musulmon erkak Islom aqidasidan o'zga aqidadagi mushrika ayolga uylanishi mumkin emas. Lekin u ayol o'z dinini tark etib, Islom diniga kirib, mo'mina bo'lsa, shundan keyin uylansa bo'ladi. Bu hukmdan yahudiy va masihiy dinidagi ayollar mustasno. Ular o'z dinlarida tursalar ham, musulmon erkak ularga uylansa bo'ladi.
Shuningdek, mo'mina ayollarning mushrik erkaklarga turmushga chiqishlari, ularga nikohlanishlari qat'iyan man qilinadi: “Va mushriklar iymonga kelmagunlaricha, ularga nikohlab bermang”.
Ya'ni mo'minalarni ularning nikohiga bermang. Muslima-mo'mina ayollar musulmon dinidagi erkakdan boshqa erkakka turmushga chiqishlari mutlaqo mumkin emas. Agar u erkak Islomga kirib, mo'min bo'lsagina, ruxsat bo'ladi. Hatto, erkak yahudiy yoki masihiy dinida bo'lsa ham, muslima ayolning unga nikohlanishi harom. Faqat musulmon erkak bo'lishi shart.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Biz ahli kitobning ayollariga uylanamiz, ular bizning ayollarimizga uylanmaydilar”, deganlar. Huddi ayollarga o'xshab, erkaklar fazlining o'lchovi ham iymondir: “Shubhasiz, mo'min qul mushrikdan, gar u sizni qiziqtirsa ham, yaxshidir”. Ya'ni erkak kishi qul bo'lsa ham, mo'min bo'lsa, bas, boshqa iymonsiz erkaklardan yaxshidir.
Erkak bo'lsin, ayol bo'lsin, iymonsizligi, mushrikligi juda yomon, kim ular bilan aloqada bo'lsa, xususan, nikoh kabi muqaddas va nozik aloqada bo'lsa, kasofati uradi. Urganda ham, eng hassos nuqtada – aqiyda bobida uradi va inson o'z turmush o'rtog'iga ergashib, dinidan chiqib ketishi xavfi bor. Shuning uchun oyatda: “Anavilar o't-olovga chaqirarlar”, – deyiladi. Anavilar (mushriklar) o'zlari bilan birga bo'lganlarni mushriklikka, bu degani, do'zax o'tiga chaqiradilar. “Alloh esa O'z izni ila jannatga va mag'firatga chaqirar hamda odamlarga O'z oyatlarini bayon qiladir. Shoyadki, eslatma olsalar”. Shuning uchun Alloh taoloning bayon qilib bergan oyatlariga amal qilib yashash kerak.
Muhammad Ayyub domla Homidov
Islom sivilizatsiyasi markazida “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak” mavzusida xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan forum xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, ilmiy va madaniy muassasalar vakillari, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Ozarbayjondan kelgan uch yuz nafarga yaqin olimlar va san’at arboblarini birlashtirdi.
Islom sivilizatsiyasi markazi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyati (WOSCU), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyevning ishtirokchilarga yo‘llagan qutlovi o‘qib eshittirildi. Unda jumladan, bunday deyiladi:
“Bugungi murakkab davrda, dunyoda ziddiyat va mojarolar kuchayib borayotgan bir paytda, tarixdan saboq olish, tinchlik va barqarorlikni asrash, barcha sohalarda ilm va ma’rifatga tayanish, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash hamda sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirish — eng dolzarb vazifalarimizdan biri bo‘lib qolmoqda.
Kongress doirasida yangi ilmiy-tadqiqot va ma’rifiy loyihalar ishlab chiqiladi, ular davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik hamda ma’naviy-madaniy rishtalarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi, degan umiddaman”.
Kongressning aynan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilishi ramziy ahamiyatga ega. Bu noyob majmua mintaqaning uch ming yillik tarixi, Renessans davrlari va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini mujassam etgan.
Kongress boshlanishida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdi. Markaz qurilishi va uning ichki mazmuniga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
Shundan so‘ng davlat idoralari, ilmiy muassasalar va madaniyat arboblari o‘rtasida keng muloqot tashkil etildi. Unda umumiy tarixiy merosni asrash, zamonaviy hamkorlik shakllarini izlash va ma’naviyat g‘oyalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Bosh mavzulardan biri yoshlar siyosati bo‘ldi. Yoshlarni ma’naviy yetuklik, vatanparvarlik va ijodkorlik ruhida tarbiyalash, ularning jamiyat hayotida faol ishtirokini rag‘batlantirish masalalari borasida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.
Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etayotgan kongress mintaqaning tarixiy birligi, madaniy merosi va ma’rifiy salohiyatini yana bir bor namoyon etdi. Taklif etilgan g‘oya va tashabbuslar barqaror taraqqiyot, o‘zaro hurmat va ma’naviy yuksalish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kongress doirasida 15 noyabrga qadar “Yagona o‘tmish – umumiy kelajak”, “Mixxat yozuvidan raqamli arxivlargacha: Markaziy Osiyo kutubxonachiligi istiqbollari”, “Tirik tarix” xalqaro kino forumi hamda “Yoshlar va raqamli davr: qadimiy qo‘lyozmalardan sun’iy intellektgacha” kabi mavzularda sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati