Allohga shukrki, ikki yil sabr ila kutilgandan so'ng dinimizning beshinchi arkoni – Haj ziyorati ham boshlanmoqda!
Shu yil 18 iyun' kuni o'zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi haj amallarini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketadilar.
Bugun, kechki soat 21:00 dan boshlab poytaxtimizdagi "Novza" masjidida, 23:00 dan esa Toshkent xalqaro aeroportidan ziyoratchilarni kuzatish jarayonlari, quvonchu shodliklari va dil so'zlarini ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali to'g'ridan-to'g'ri reportajlarni onlayn efirda tomosha qilishingiz mumkin!
Muborak safarga otlangan fuqarolarimizni Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati va bir qator rasmiy vakillar tabarruk zaminga kuzatib qo'yadilar.
Qayd etish joizki, bo'lg'usi hojilarga Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar xizmat ko'rsatib, tajribali ishchi guruh va malakali shifokorlar hamrohlik qiladilar.
“Haj-2022” mavsumi numunali va tartibli, chiroyli va ko'ngildagidek o'tishini, Haj safariga otlanayotgan yurtdoshlarimizning safarlari bexatar, ibodat va duolari mukammal, duolari mustajob bo'lishini tilab qolamiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
4 fevral kuni Buxoro viloyati "Jo‘ybori Kalon" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida "Yurtimizda ayollarning huquqlari va vijdon erkinligi" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i D.Egamova va yetakchi mutaxassis M.Abubakirova ma’ruza qildilar.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Din sohasidagi islohotlar va davlat-din munosabatlari;
Diniy ta’lim muassasasi bitiruvchilarini, ayniqsa ayol-qizlarni, ish bilan ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash;
Otinoyilarning rasmiy ish bilan ta’minlanishi;
Ayol-qizlar hissasini kuchaytirish va ularning yurtimiz ravnaqiga qo‘shgan hissasi;
Sof e’tiqodni mustahkamlash va bid’at-xurofotlarga qarshi ma’rifiy ishlar.
Shuningdek, talaba-qizlarning savollariga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
@muminauz