Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda diniy ta'lim muassasalari o'rtasida “Vatanni sevmoq iymondandir” insholar tanlovining respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda. Unda tanlovning hududiy bosqichida g'olib bo'lgan 45 nafar talaba qatnashmoqda.
Bugun, 15 iyun' kuni tanlovning respublika bosqichi qatnashchilariga poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.
Toshkent shahridagi “Yangi O'zbekiston” bog'iga ilk tashrif uning markaziy qismida barpo etilgan muhtasham badiiy obida – Mustaqillik monumenti, uning eng yuqori qismida – ko'kda mag'rur parvoz qilayotgan Humo qushi tasviri, buyuk sarkarda va jahongirlar, alloma va mutafakkirlar, jadid bobolarimizning o'lmas siymolari aks etgani talaba-yoshlarda, ayniqsa, katta taassurot qoldirdi.
Shundan so'ng “G'alaba bog'i” va unda joylashgan “Shon-sharaf” muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Poytaxtimizdagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni o'z ichiga olgan “G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasi tarixiy ta'lim va tarbiya, g'urur va iftixor maktabiga aylangan.
Shu ma'noda majmuani ko'zdan kechirarkan Ikkinchi jahon urushida jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko'rsatgan ko'p millatli O'zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk g'alabani ta'minlashga qo'shgan munosib hissasi, ularda qatnashgan yurtdoshlarimizning beqiyos jasorati va matonatini tarix sahifalariga muhrlagani talaba-yoshlarning har birida Vatanga muhabbat va sadoqat ruhi jo'sh urgani, shubhasiz.
Sayohat davomida talaba-yoshlar O'zbekiston Respublikasining oliy davlat vakillik organi – Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ham bo'lib, muhtasham binoning majlislar zali, kutubxonasi, parlament muzeyi bilan yaqindan tanishishdi.
Tashrif davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov va Yoshlar parlamenti vakillari va tanlovning Respublika ishtirokchilari bilan tashkil etilgan uchrashuv yoshlarda katta taassurot qoldirishi bilan birga, qizg'in savol-javoblarga boy bo'ldi. Hususan, ular mamlakatimiz parlamenti faoliyatiga oid ko'plab savollariga javob oldi.
Sayohat davom etmoqda.















O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Shu maqsadda “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi tomonidan o‘qituvchi va mas’ul xodimlar uchun mahorat oshirishga qaratilgan turkum onlayn darslar tashkil etilgan edi. Joriy yilning 28 yanvar kuni mazkur silsilaviy darslarning navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Zoom platformasi orqali tashkil etilgan mashg‘ulotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Elyor Alimqulov ishtirok etdilar. Ular soha mutaxassislariga ta’lim sifatini oshirish va ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdilar.
Darsning asosiy qismida bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum “Qur’oni karim shafoati” kitobi asosida ilmiy ma’ruza qildi. Ta’kidlash joizki, kelgusida darslarda faol ishtirok etgan va bilimlarini muvaffaqiyatli namoyish qilgan tinglovchilarga ushbu kitob bo‘yicha maxsus ijoza berilishi rejalashtirilgan.
AlQuranuz