— Haj vaqtida ziyoratchilarimiz shaytonga tosh otishadi. Tosh nima uchun otiladi?
— Darhaqiqat, haj vaqtida qilinadigan amallardan biri bu – Minoda shaytonga tosh otishdir. Shayton hamma erda ham bo'lishi mumkin. Aynan hajda va ma'lum joylarda shaytonga tosh otish, shayton o'sha vaqt va joylarda Ibrohim alayhissalomga qutqu solganda u zot uni tosh otib quvganlari uchundir. Bunda shaytonga qarshi kurashning ramzi bordir.
Shaytonga tosh otish, avvalo ichdagi shaytonni toshbo'ron qilish ila boshlanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Shaytonga tosh otish va Safo bilan Marva orasida say' qilmoq, faqat Allohning zikrini qoim qilmoq uchun amr qilingandir”.
Yana tosh otishdan maqsad, shaytonni yomon ko'rishdir. Tosh otilar ekan, shayton qalbga vasvasa solganida “A'uzubillahi minashshaytonir rojim” (toshbo'ron qilingan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh so'rayman) ifodasi bilan bartaraf etish lozim.
Mo'minlar shaytonning har turli fasodlariga qarshi o'yg'oq bo'lishga harakat qilishi zarur. Haj safari asnosida esa vasvasalarga engilmaslik, sabr qilish va imtihon ekanini tushunib, haj ibodatini mukammal ado etishdir.
Muhammad Ayyub domla Homidov
#xabar #hamkorlik #muftiy
Bishkek safari davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari mezbonni Turkiy davlatlar muftiylarining yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan muborakbod etib, ikki mamlakat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan hamkorlik munosabatlari kengayayotgani, ayniqsa, ulamolar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladilar.
Muftiy hazratlari musulmon ummati oldidagi muhim masalalar yuzasidan zamonaviy fatvolar, dolzarb bayonotlar va muhim murojaatlar qabul qilingani barcha xalqlar uchun foydali bo‘lishini ta’kidladilar. Shuningdek, ilmiy anjumanda Sirojiddin O‘shiy Samarqandda Hanafiy mazhabi va Imom Moturidiy aqiydasi bo‘yicha ustozlardan ta’lim olgani, Farg‘ona vodiysida din yo‘lida xizmat qilgani va turkiy xalqlar uchun mushtarak ulamo sanalishini ta’kidlanganini alohida qayd etdilar.
O‘z navbatida Abdulaziz qori Zokirov O‘zbekiston muftiysini “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlagani munosabati ila samimiy qutlash barobarida Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishidagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik izhor etdi. Shuningdek, u Ramazon oyi boshlanishi, ikki hayit kunini belgilash va muhim fatvolar e’lon qilishda qardosh muftiylar doimo O‘zbekiston muftiysining xulosalariga tayanishlarini e’tirof etdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati