Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Aprel, 2026   |   25 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:46
Peshin
12:28
Asr
17:05
Shom
19:06
Xufton
20:22
Bismillah
14 Aprel, 2026, 25 Shavvol, 1447

Qur'on o'quvchilar nimalarni niyat qiladi?

10.06.2022   1765   2 min.
Qur'on o'quvchilar nimalarni niyat qiladi?

Mo'min-musulmonlar Qur'oni karimni ko'pincha faqat savob umidida o'qisha­di. Aslida Qur'oni karim tilovatining foydali jihatlari, manfaatli tomonlari juda ko'p.

Har kim Qur'oni karimni ezgu niyat bilan o'qisa, ulug' fazilat va savoblarga erishadi. Zero, hadisi sharifda: “Amallar niyatlarga ko'radir. Har kim niyatiga yarasha oladi...” deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati).

Qur'oni karim hayotimiz dasturi, umrimiz mazmuni, oxiratimiz uchun savoblar manbaidir. Shu nuqtai nazardan Qur'on o'qish arafasida ezgu niyat qilish juda fa­zilatlidir. .

Qur'on o'qish niyatida ushbu tavsiyalarga e'tibor qiling:

1) Qur'onni ilm va amal niyatida o'qing;

2) Qur'onni Allohdan o'zingizni, zurriyotingizni va ahli baytingizni hidoyat etishini niyat qilib o'qing;

3) Qur'onni Alloh taologa munojot niyatida o'qing;

4) Qur'onni zohiriy va botiniy kasallik­larga shifo niyatida o'qing;

5) Qur'onni Alloh taolo zulmatdan nurga chiqarishini niyat qilgan holda o'qing;

6) Qur'onni qotgan qalblarni yumshatuvchi, ko'ngillarga orom beruvchi, vasvasalarga qo'rg'on bo'luvchi ilohiy kalom ekanini niyat qilib o'qing;

7) Qur'onni o'zingiz va oila a'zolaringizdan hasadni bartaraf etish, nazar-nafasdan panoh tilash maqsadida o'qing;

8) Qur'onni g'ofillardan emas, zokirlardan bo'lish niyatida o'qing;

9) Qur'onni imonda sobit, Allohga yaqin bo'lish maqsadida o'qing;

10) Qur'onni Allohning amrlariga qat'iy rioya qilish va bu borada o'rnak bo'lish maqsadida o'qing.

T. NIZOM tayyorladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Yetimlarning pullaridan foydalanib turish joizmi?

14.04.2026   300   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Abu Hurayra, Faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir".


Saidjamol domla MASAYITOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.

Videolavhalar