Habar berganimizdek, Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o'tkazilayotgan “Ommaviy axborot vositalarida diniy masalalarni yoritish” mavzusida mintaqaviy forumda Tojikiston va O'zbekiston diniy soha va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Halqaro forum Tojikiston hukumati huzuridagi Din, urf-odatlar, bayram va marosimlarni tartibga solish qo'mitasi hamda “Intern'yus netvork” axborot agentligi filiali bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Anjuman davomida O'zbekiston musulmonlari huzuridagi Fatvo markazi direktori o'rinbosari G'ulomiddin domla Holboyev so'zga chiqib, “ Islomda bag'rikenglik ” mavzusida ma'ruza qildi. U o'z nutqida odamlari o'zaro ittifoq, ahl-inoq yurtda taraqqiyot bo'lishi haqida so'z yuritib, dinimizda boshqa din vakillariga munosabat haqida Qur'on va sunnatdan dalil, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam va sahobalar hayotlaridagi ibratli voqea-hodisalardan misollar orqali mavzuni keng yoritib berdi.
Shuningdek, forumda mutaxassislar tomonidan mavzu doirasidagi bir qancha ma'ruzalar tinglanib, ushbu fikr-mulohazalar bo'yicha bahs-munozalar bo'lib o'tdi.
Ikki kun davomida anjumanda o'ndan ortiq O'zbekiston jurnalistika sohasi vakillarining diniy bag'rikenglikning OAV yorilitishi bo'yicha chiqishlar qilindi.
Hususan, kecha ushbu anjumanda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori Uyg'un G'ofurov “O'zbekistonda diniy bag'rikenglik” to'g'risida ma'ruza qilib, keyingi yillarda yurtimizda barcha sohalar qatori diniy jabhada ulkan o'zgarishlar bo'layotgani va bu o'z navbatida, barcha diniy konfessiyalariga teng imkoniyatlar yaratilayotganini haqida ma'ruza qilgan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#musobaqa #hifz #tilovot
Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Qur’on musobaqasi – 2026” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni muassasa mudiri O‘.G‘uzarov ochib, ishtirokchilarga omad tiladi. Musobaqa shartlari bilan o‘qituvchi Akbarxon domla Asqarov tanishtirdi.
Qorilar chiqishlarini malakali hakamlar baholab bordi.
Yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi:
Hifz yo‘nalishi:
1-o‘rin Axmedov Yahyoxon (4-kurs)
2-o‘rin Dulabov Mahmud (1-kurs)
3-o‘rin Sherqulov Anvar (3-kurs)
Tarannum yo‘nalishi:
1-o‘rin Sayfullayev Fazliddin (4-kurs)
2-o‘rin Tojidinov Husanaliy (1-kurs)
3-o‘rin Xabibullayev Nasrullo (3-kurs)
G‘oliblar va ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar hamda diplomlar bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati