Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Kiyinish madaniyati millat ko'rki

25.05.2022   3959   3 min.
Kiyinish madaniyati millat ko'rki

Kiyinish madaniyati – insonning tashqi ko'rinishi, ma'naviy dunyosi , estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi. Kiyinish madaniyatiga bo'lgan qarash insonning go'zallik, nafosat, odob borasidagi ko'z qarashlarini ifoda etadigan omil hamdir. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda kiyimlar ham, kiyinishga bo'lgan e'tibor va talab ham o'zgarib bormoqda.

Yoshlarimizning moda ketidan ko'r-ko'rona quvishlari va yangi chiqqan tor, ochiq, kalta liboslarni moda deya e'tirof etishlari va bu turdagi kiyimlar albatta kiyilishi kerak deb fikrlashlari ayni xaqiqat. Bu kiyimlarning o'zbekona madaniyatimizga mentalitetimizga xos emasligi haqida esa o'ylab ko'rishmayapti. Afsuski men bugungi yigit – qizlarimizning kiyinish madaniyati haqida ijobiy fikr bildiri olmayman. Chunki bugun ko'cha kuyda, evropaga taqlid qilib kiyinayotgan yoshlarimizda milliyligimiz aks etgan kiyimlar toboro kamayib bormoqda. Aslida kiyinish madaniyati xam o'zbekona madaniyatimizning ajralmas qismidir. Bu masalaning jiddiy tomoni shundaki yuzaga kelayotgan ushbu muammo bugungi kunning muxim dolzarb mavzusiga aylandi. Ko'pchilik yoshlarimiz evropa uslubida kiyinmaslikni zamondan ortda qolish deb xisoblashmoqda. Bu fikrning mutlaqo noto'g'ri ekanligi haqida fikr yuritishmayapti .

Yevropa modasi deb urf bo'lgan bemani kiyimlarni kiyib o'zini bugunning zamonaviy yoshlari deb xisoblaydigan xar bir yigit qiz qattiq adashadi va aksincha ular o'zlarining ma'naviyati tafakkuri va dunyo qarashi qanchalik sayoz ekanligini “zamonaviy” liboslari orqali namoyon etishmoqda. Aslida insonning madaniyatga xos kiyinish uslubi uning ma'naviy olami qanchalik boy ekanligini namoyon etuvchi muxim omil xisoblanadi. Shu o'rinda bir xaqiqatni aytish o'rinli deb bilaman. Yigit qizlarimizning kiyinish madaniyatida ota-onalarning alohida o'rni bor. Tanasiga yopishib turuvchi yoki kalta va ochiq kiyimlarni o'z qizlariga olib berayotgan ayrim ota-onalar buning salbiy oqibatlarga olib kelishini bilisharmikan. Afsuski ota-onalar orasida qizlarining kiyinishiga befarq qaraydiganlar talaygina.

Kiyinish borasida nafaqat qizlarimiz balki yigitlarimiz ham tobora “zamonaviylashib” borishyapti. Har xil bemani yozuv va rasmlar tushirilgan futbolka, kalta shim va shippaklarda ko'chani to'ldirib yurishgani ayni haqiqat. Sigaret chekayotgan odamning surati tushirilgan yoki skelet rasmi solingan futbolkalarni kiyishga ishtiyoqmand o'zbek yigitlarimizning bu ishlari o'zbekona madaniyatimizga to'g'ri kelmasligini anglay olishmayapti. Tasavvur qilib ko'ring kalta shim yoki futbolka kiyib olgan ota yoki tor va ochiq libosga burkangan ona o'z farzandiga ibrat bo'lish o'rniga shu muhitda ulg'ayishi uchun zamin yaratayotgandek go'yo. Haqiqatki bunday ota-onalar ba'zi-ba'zida uchrab turibdi.

Eng avvalo ota ona o'z farzandini kiyinishiga e'tibor berishi, doimiy nazorat qilishi zarur. Shundagina yuqorida keltirilgan muammolar va salbiy fikrlar yuzaga kelmaydi. Istardimki qizlarimiz ibo hayoda barchaga namuna bo'lib, yigitlarimiz haqiqiy o'zbek o'g'loni sifatida qolishsa va kiyinish madaniyati xam milliyligimizni o'zida mujassam etgan eng muhim omil ekanligini yodda saqlashsa nur ustiga a'lo nur bo'ladi.

G'olibjon Hidirov
Hoja Buxoriy o'rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi

Boshqa maqolalar

Namozdan keyingi zikrlar qanday aytiladi?

16.07.2025   1388   2 min.
Namozdan keyingi zikrlar qanday aytiladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Namozdan keyin imom «Oyatal kursiy»ni boshidan o‘qiganda jamoat qolganini ichida davom ettiradimi yoki boshidan boshlaydimi? Zikrlarni aytishdachi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozdan keyin oyatal kursiy va tasbehlarni aytish mustahab amal sanalib, ularni imom ham, jamoat ham o‘qishlari mandub, ya’ni go‘zal va savobli ish hisoblanadi. Shuning uchun imom boshlab berganidan keyin jamoatdagilar ham oyatal kursiyni boshidan o‘qiydilar.

Shuningdek, tasbehlarni 33 tadan aytadilar. Imom ularni ovoz chiqarib boshlab berishining sababi jamoatga aytiladigan zikrni eslatish uchundir.

Payg‘ambarimiz alayhissalom farz namozlardan keyin «Oyatal kursiy»ni o‘qishning fazilati haqida bunday deydilar: “Kim har bir farz namozidan keyin Oyatal kursiyni o‘qisa, keyingi namozgacha Alloh taoloning zimmasida bo‘ladi” (Imom Tabaroniy rivoyatlari).

Boshqa bir hadisi sharifda bunday deyiladi:

“Kim har bir farz namozning ortidan Oyatal kursiyni o‘qisa, uni jannatga kirishdan faqatgina o‘lim to‘sib turadi” (Imom Nasoiy rivoyati).

Namozdan keyin tasbehlarni aytish borasida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta Allohga tasbeh aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga hamd aytsa, o‘ttiz uch marta Allohu akbar, desa hammasi to‘qson to‘qqiz bo‘ladi. Yuzinchisida Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shayin qodiyrni aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi”, deyilgan (Imom Muslim rivoyati).

Shunga ko‘ra imom domla Subhanalloh, Alhamdulillah, Allohu akbar deyishi o‘zi uchun hisobga o‘tadi. Jamoatdagi namozxonlar 33 tadan o‘zlari aytishlari kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.