Buyuk Britaniya Bosh vazirining din va e'tiqod erkinligi bo'yicha maxsus vakili Fiona Bryus o'zining «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumi ishtirokchilariga yo'llagan videomurojaatida O'zbekistonni joriy yil 5-6 iyul' kunlari diniy erkinliklar ta'minlanishi mavzusiga bag'ishlab Londonda o'tkaziladigan xalqaro konferentsiyaga taklif etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
– Tarixiy Buxoro deklaratsiyasi qabul qilinganligi bilan tabriklayman, - dedi Fiona Bryus. – Ushbu forumning muhimligi haqida gapirar ekanman, diniy tolerantlik va ko'p millatli hamjihatlikning ta'minlanishi borasidagi O'zbekistonning madaniy merosini e'tirof etishdan boshlashni istar edim.
Sizning mamlakatingiz so'nggi 4-5 yil ichida diniy erkinlik va e'tiqod masalasida favqulodda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishganligi hamda odamlar o'z dinlarini ifoda etadigan yoki amalda ro'yobga chiqaradigan ko'plab maskanlarni yaratganligi bilan faxrlanishga haqlidir. Men chin dildan umid qilamanki, bu ijobiy o'zgarishlar davom etadi va bu erkinliklar kelajak avlodlar uchun asrab qolinadi.
Men va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari sizni bu izchil jarayonda qo'llab-quvvatlashga tayyormiz.
Birlashgan Qirollik 5-6 iyul' kunlari Londonda diniy va e'tiqod erkinliklari ta'minlanishiga bag'ishlangan xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi. Umid qilamizki, ushbu anjumanda 50 dan ortiq mamlakatdan hukumat vakillari, diniy etakchilar va fuqarolik jamiyati faollari to'planadi. Ular nafaqat diniy erkinliklar sohasidagi global muammolarni muhokama qilish, balki ularni hal qilish bo'yicha ham haqqoniy va amaliy qadamlarni tashlash yuzasidan kelishib olish uchun ham yig'ilishadi.
O'zbekiston delegatsiyasini Londonda qutlayman, deb umid qilaman.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati