Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyul, 2025   |   22 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:05
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:58
Xufton
21:30
Bismillah
17 Iyul, 2025, 22 Muharram, 1447

Indoneziyalik olimlar O'zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi

23.05.2022   1220   2 min.
Indoneziyalik olimlar O'zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi

Yurtimizda o'tkazilgan «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumiga kelgan xorijlik mehmonlar – din ulamolari, huquqshunoslar, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari zaminimizning diqqatga sazovor joylari, tashkilotlar, ta'lim muassasalari bilan yaqindan tanishmoqda.

Shu maqsadda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Indoneziyaning Leimena instituti ijrochi direktori Matius Ho rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. O'zA bildirishicha, bu haqda mazkur akademiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mehmonlarni akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Zohidjon Islomov, Halqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Bahodir Ho'jayev, «Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o'rganish UNESCO kafedrasi mudiri Mahfuza Alimova, kafedra o'qituvchisi Odiljon Ernazarov kutib oldi. Dastlab mehmonlarga «Manbalar xazinasi»da saqlanayotgan nodir toshbosma asarlar, ilmiy xodimlar tomonidan ularning tadqiqi borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. «Manbalar xazinasi» bo'limi mudiri Muhammadsidiq Usmonov bu borada batafsil to'xtalib o'tdi.

Indoneziyaning Leimena instituti ijrochi direktori Matius Ho hamda Indoneziya Islom universiteti professori Amin Abdullah «Manbalar xazinasi» bo'limidagi faxriy va hurmatli mehmonlar uchun ajratilgan "Esdalik kitobi"ga o'zining samimiy tilaklari, dil so'zlarini yozib qoldirdi.

Akademiya majlislar zalida uchrashuv tashkil etilib, unda Indoneziya hamda yurtimiz vakillari ishtirok etdi.
Akademiya ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Zohidjon Islomov tomonidan xorijlik mehmonlarga yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida ma'lumotlar berildi. O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi va uning huzuridagi tashkilotlar, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot, Malaka oshirish, «Ziyo» media markazlari, Akademik litsey, «Ziyo-zukko» maktabi faoliyati mehmonlarda qiziqish uyg'otdi.

"O'zbekiston zaminida o'tkazilgan «Deklaratsiyalar muloqoti» forumi doirasida yurtingizdagi ko'plab tarixiy qadamjolarda bo'ldim. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro shaharlaridagi safarlar menda chuqur taassurot qoldirdi. Jumladan, bugungi uchrashuv ham Halqaro islom akademiyasi faoliyatiga bo'lgan qiziqishlarimni oshirdi. Mamlakatlarimiz o'rtasida o'xshash jihatlar ko'p ekan. O'ylaymanki, fikr va takliflari asosida kelgusida hamkorlik aloqalarini mustahkamlaymiz", Matius Ho.

Do'stona o'tgan muloqot davomida mehmonlar o'zlari faoliyat yuritayotgan markaz va ta'lim muassasalari faoliyati, maqsad, vazifalari bo'yicha ma'lumot berdi. Mehmonlarga akademiya rahbariyatining esdalik sovg'alari topshirildi.
Uchrashuvdan so'ng delegatlar akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayxovantohur, To'labek (Qaldirg'ochbek) hamda Yunusxon maqbaralarini ziyorat qildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Rasululloh, sizga salavot qanday aytiladi?”

16.07.2025   2743   1 min.
“Rasululloh, sizga salavot qanday aytiladi?”

حدثنا عباس الدوري نا محمد بن بشر العبدي نا مجمع بن يحيى عن عثمان بن موهب عن موسى بن طلحة عن طلحة قال: قلت: يا رسول الله كيف الصلاة عليك ؟ قال: قل :اللهم صل على محمد كما صليت على إبراهيم إنك حميد مجيد وبارك على محمد وعلى آل محمد كما باركت على إبراهيم إنك حميد مجيد.

Muso ibn Talha roziyallohu anhu Talha roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Yo Allohning Rasuli, sizga salavot qanday aytiladi?” deb so‘radim.

U zot alayhissalom: “Allohumma solli ’alaa Muhammadin kamaa sollayta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd. Va baarik ’alaa Muhammadin va ’alaa aali Muhammadin, kamaa baarakta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd”, deb ayt”, dedilar.

Salavotning ma’nosi: “Allohim! Ibrohimga salavot yo‘llaganingdek, Muhammadga ham salavot yo‘llagin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan. Ibrohimga barakot berganingdek, Muhammad va Muhammadning oilasiga ham barakot bergin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan”.


Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD