«Deklaratsiyalar muloqoti» forumida ekspert sifatida ishtirok etayotgan Buyuk Britaniyaning «CSW» (Hristianlar birdamligi) inson huquqlari tashkiloti prezidenti Marvin Tomas o'z ma'ruzasida “Buxoro deklaratsiyasi”ni tarixiy voqea deb atadi, xabar bermoqda O'zA.
– Avvalo, O'zbekiston tomoniga, ushbu nufuzli anjuman tashkilotchilariga samimiy minnatdorlik bildirmoqchi edim. Buxoro deklaratsiyasi qabul qilinishi – tarixiy voqelik, O'zbekiston va butun dunyo hamjamiyati uchun katta yutuq. Mazkur hujjat shunchaki fikrlar majmuasi emas, balki ko'p yillik faol amaliy sa'y-harakatlar natijasi, oldingi deklaratsiyalarning mantiqiy yig'indisi ko'rinishidagi ahamiyatli qo'llanma sifatida amaliy harakatlar izchilligini ta'minlashi zarur.
Shu o'rinda mamlakatingizda ushbu yo'nalishda olib borilayotgan islohotlarni alohida ta'kidlab o'tmoqchi edim.
So'nggi yillarda erishilgan ko'plab ijobiy o'zgarishlarni e'tirof etgan holda, bu harakatlar to'xtatmasligini istardim. Zero, ayniqsa, bugungi tez o'zgaruvchan global dunyoda sohaga nisbatan shunday yondashuv juda muhim. Sohada xizmat qilayotgan mutaxassis borki, umumiy ishimizga hissa qo'shishi kerak, chunki oldinga tashlangan har bir ijobiy qadam ma'qullanadi, qo'llab-quvvatlanadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi xotin-qizlar bo‘limi tomonidan otinoyilar ishtirokida “ZOOM” platformasi orqali o‘quv seminarlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bunda aqida, fikh, siyrat, hadis, mavlid va janoza masalalari to‘g‘risida tushunchalar berib boriladi.
Bugun, 29 yanvar kuni tizimda faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun Aqida va fikh fanlari doirasida o‘quvlar boshlandi. Ikki mingdan ziyod tinglovchi qatnashgan, “Islom shariatida poklik masalalari” deb nomlangan ilk mashg‘ulotni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchisi Odinaxon Muhammad Yusuf o‘tkazdi.
O‘quv mashg‘ulotlarini Fatvo markazi mutaxassislari, “Imom Buxoriy” nomidagi Toshkent islom instituti va "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchilari olib borishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati