Marvaziydan rivoyat qilinadi: «Solih zotlardan biri bo'lmish Abu Abdullohning huzuriga Ibrohim Hasriyni olib kirdim. U Abu Abdullohga: «Onam sizni tushlarida ko'ribdilar. Siz haqingizda bir qancha yaxshi gaplarni aytib, jannatni ham zikr qilib o'tdilar», dedi.
Abu Abdulloh shunday dedi: «Ey do'stim, Sahl ibn Salomaga ham odamlar shunday gaplarni aytaverganidan fitnalanib, oxir-oqibatda qon to'kilishigacha etib bordi. Tush mo'minni xursand qilsa qilsin, lekin uni aldab qo'ymasin».
«Solihlar gulshani»
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Haqiqatda, imom Abu Hanifa Rasuli Mustafoga ergashgan sahobalaridan ba’zilarini ko‘rgan, uning ko‘rgani sahihdir va bu guruhning soni yetti nafardir va shu sabab sharafdir.
Anas, Jobir, Ma’qal ibn Yasor shuningdek, Vosila ibn Asqo’ – vafo egasi. Shuningdek, Abdulloh ibn Unays, u ibn Jaz’i deb ham tanilgan. Oisha bilan yakunlayman, udir binti Ajrad. Ular asrlarning eng yaxshisidan, poklik egalaridan edilar
Sharq muftiysi, Burhonuddin Ibrohim ibn Hasan Mulla Ahsoiy yozgan.
Izoh: Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh tobeinlardan hisoblanadilar. U zot: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning as’hoblaridan yettitalari bilan ko‘rishdim. Ular: Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Jaz’i Zubaydiy. Jobir ibn Abdulloh, Ma’qal ibn Yasor, Vosila ibn Asqo’, Oisha binti Umar va Abdulloh ibn Unaysdir”, deganlar.