Marvaziydan rivoyat qilinadi: «Solih zotlardan biri bo'lmish Abu Abdullohning huzuriga Ibrohim Hasriyni olib kirdim. U Abu Abdullohga: «Onam sizni tushlarida ko'ribdilar. Siz haqingizda bir qancha yaxshi gaplarni aytib, jannatni ham zikr qilib o'tdilar», dedi.
Abu Abdulloh shunday dedi: «Ey do'stim, Sahl ibn Salomaga ham odamlar shunday gaplarni aytaverganidan fitnalanib, oxir-oqibatda qon to'kilishigacha etib bordi. Tush mo'minni xursand qilsa qilsin, lekin uni aldab qo'ymasin».
«Solihlar gulshani»
#Juma_salomi
✅ Juma salomi | 110 |
"Juma salomi" rukni orqali juma ma’ruzasi bo‘yicha ma’lumot beriladi.
Imron Xolmirzayev,
TII O‘quv kurslari bo‘limi xodimi