Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2025   |   25 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:07
Xufton
18:22
Bismillah
16 Noyabr, 2025, 25 Jumadul avval, 1447

O'zbek olimlari Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivini o'rganish imkoniga ega bo'ladi

21.05.2022   1837   1 min.
O'zbek olimlari Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivini o'rganish imkoniga ega bo'ladi

20 may kuni bo'lib o'tgan «ShHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros» forumi doirasida «TURKTAV» jamg'armasi tomonidan O'zbekiston tarixiga oid qo'lyozmalarning asl nushalari «Ipak yo'li» turizm va madaniy meros institutining kutubxonasiga topshirildi.

Mazkur tashabbus Turizm va Madaniy meros vazirligi tomonidan amalga oshirildi.

Turkiya Respublikasi Turkiy tillar tarixi va madaniyati «TURKTAV» jamg'armasi «ShHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros» xalqaro forumi doirasida o'zbekistonlik tadqiqotchilarga Usmonli imperiyasining tarixiy arxivlarga kirish imkoniyatini taqdim etdilar. Endilikda o'zbek olimlari O'zbekiston Respublikasi tarixiga oid bir qator hujjatlarni tiklashlari mumkin bo'ladi.

Habar qilinishicha, ayni vaqtga qadar Fond tomonidan 55 ming elektron qo'lyozma hujjatlar raqamlashtirilgan.

TII matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi

15.11.2025   6318   1 min.
Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi

Bugun, 15 noyabr kuni "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida "O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Ruslanbek Davletov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiqjon Toshboyev, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori akademik Akmal Saidov qatnashdi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislar, diplomatik korpus vakillari, dinshunos-ekspertlar, islomshunoslar, shuningdek, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy konfessiya yetakchilari va milliy madaniy markazlar vakillari, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqan notiqlar tomonidan turli madaniyat va din vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ular o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi yuksak e’tirof etildi. Ko‘p millatli xalqimiz  qadimdan bag‘rikenglik va mehmondo‘stlik fazilatlari bilan tanilgani, qaysi jamiyatda ahil-inoqlik mustahkam qaror topgan bo‘lsa, o‘sha jamiyatda o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar rivojlanishi, insonlar tinch va osoyishta hayot kechirishini alohida ta’kidladilar. 
Ochilish marosimidan so‘ng konferensiya o‘z ishini uchta sho‘bada davom ettirdi. Har bir sho‘bada diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy barqarorlik, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga oid dolzarb mavzular atroflicha muhokama qilinmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi