Bugun, 19 may kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiqjon Toshboyevlar “Deklaratsiyalar mulaqoti” nomli xalqaro anjumanda qatnashish uchun Buxoro viloyatiga tashrif buyurdilar.
Diniy soha rahbarlari ushbu viloyatdagi safarlarini erta tongdan tabarruk maskanlardan biri Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qilishdan boshladilar.
Ziyorat asnosida o'tganlar xotirasiga Qur'oni karim oyatlari tilovat qilindi. Muftiy hazratlari Alloh taolodan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik va saodat tilab duo qildilar.
Safar tafsilotini sayt va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda kuzatib boring!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Jannatda tashqarisi ichkaridan, ichkarisi tashqarisidan ko‘rinadigan xonalar bor", deganlar.
Shunda bir a’robiy: "Ular kim uchun, ey Allohning Rasuli?" deb so‘ragan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Shirinso‘z, taom ulashgan, ro‘zada bardavom bo‘lgan, kechasi hamma uxlab yotgan paytda Alloh uchun namoz o‘qiganlar uchun", deganlar.