16-20 may kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumi o'tkaziladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Ushbu forum O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Halqaro islom akademiyasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari ko'magi hamda Global hamkorlik instituti (AQSh) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
«Dunyo» axborot agentligi muxbiri bo'lajak forumning ahamiyati haqida batafsil ma'lumot olish uchun SMTI direktori o'rinbosari Shafoat Nurullayevaga murojaat qildi.
– Shafoat Fayzullayevna, iltimos, forumni o'tkazish g'oyasi qanday paydo bo'lgani to'g'risida so'zlab bersangiz?
– «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumi O'zbekiston Prezidenti Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil qabul qilingan “Ma'rifat va diniy bag'rikenglik” Maxsus rezolyutsiyasida mustahkamlangan tamoyil va qoidalarni hayotga tatbiq etish bo'yicha mamlakatimiz olib borayotgan tizimli va izchil sa'y-harakatlarning bir qismidir.
2018 yilda SMTI va Amerika Global hamkorlik instituti o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumining imzolanishi ushbu yo'nalishdagi amaliy qadamlardan biri bo'ldi.
Amerikalik sheriklar butun dunyo hamjamiyati uchun muhim bo'lgan dinlararo munosabatlarni mustahkamlash va turli dinlarga e'tiqod qiluvchilar o'rtasida o'zaro anglashuv muhitini yaratish masalasini muhokama qilish uchun taniqli siyosatchilar, ekspertlar va diniy soha vakillarini jalb qilgan holda muloqot maydonchasini tashkil etish g'oyasini qo'llab-quvvatladi.
Hamkorlik doirasida va ushbu masalalarni muhokama qilish maqsadida 2019 yilda Toshkent va Samarqand shaharlarida Global hamkorlik instituti ekspertlari, tahlilchilar, ijtimoiy-siyosiy doiralar va turli xil din vakillari, shuningdek o'nlab xorijiy mamlakatlardan kelgan diniy ulamolar ishtirokida dastlabki yirik forum o'tkazildi.
– Joriy forumning asosiy maqsadi nimadan iborat va tadbir ishtirokchilari qanday vazifalarni hal qilishni rejalashtirmoqda?
– Avvalo shuni ta'kidlash kerakki, «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumi jahon hamjamiyatiga o'zbek xalqining boy madaniy, tarixiy, diniy va falsafiy merosi, shuningdek, O'zbekistonning dinlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni mustahkamlash, jamiyatda do'stlik va o'zaro hamjihatlik muhitini ta'minlash sohasida to'plagan ijtimoiy-siyosiy va siyosiy-huquqiy tajribasi bilan tanishish imkoniyatini beruvchi muhim voqea bo'ladi.
Ushbu forum diniy bag'rikenglik bo'yicha fikr almashish uchun ilmiy, ma'rifiy va muloqot maydonidir. Unda 10 ga yaqin mamlakatdan, jumladan, AQSh, Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Avstriya, Pokiston, Gana, Nigeriya va boshqa davlatlardan 40 nafarga yaqin taniqli diniy ulamolar, mutaxassislar va huquqshunoslar ishtirok etadi.
Forumning asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni alohida ta'kidlash mumkin.
Birinchidan, O'zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida dinlararo bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida xalqaro hamjamiyatga ma'lumot etkazish.
Ma'lumki, bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Din sohasida ham sezilarli ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Prezidentimiz rahnamoligida din sohasini erkinlashtirish borasida izchil siyosat olib borilmoqda, aholining diniy ehtiyojlarini to'g'ri qondirish, bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Ikkinchidan, jamiyatda dinlar va millatlararo totuvlik hamda bag'rikenglikni ta'minlash bo'yicha O'zbekiston tajribasini targ'ib qilish muhim vazifa hisoblanadi. O'zbekiston bu sohada ko'p asrlik ijobiy tajribaga ega bo'lib, u doimo xorijiy olimlar va siyosiy doiralarning e'tiborini o'ziga jalb etib kelgan. Shu bilan birga, turli xil din tarafdorlarining diniy ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyatlar doimiy ravishda kengayib bordi. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida dinlararo ziddiyatlar kuchayib borayotgan bir vaziyatda ko'plab xorijiy ekspertlar xalqaro munosabatlarda diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlashga asoslangan o'zbek modelini o'rganishga foydali va o'rnak olsa arziydigan omil sifatida qaramoqda.
Uchinchidan, forum doirasida ko'p millatli jamiyatlarda diniy erkinliklar va dinlararo totuvlikni ta'minlash bo'yicha fikr almashish va xalqaro tajribani muhokama qilish ham kutilmoqda.
Shu o'rinda O'zbekistonda dinga munosabatidan qat'iy nazar, mamlakatning har bir fuqarosining vijdon va din erkinligiga, teng huquqliligini ta'minlashga qaratilgan mukammal qonunchilik bazasi mavjudligini alohida ta'kidlash joiz. O'zbekistonning konstitutsiyaviy normalari fuqarolarning biron dinga e'tiqod qilish yoki qilmaslik huquqini kafolatlaydi. Shu bilan birga, bir din yoki mazhabning boshqalarga nisbatan har qanday ko'rinishdagi ustuvorligi yoki cheklovlarini o'rnatishga yo'l qo'yilmaydi.
To'rtinchidan, Forum natijasida ma'rifat va bag'rikenglik madaniyati g'oyalarini targ'ib qilish, turli din tarafdorlarining milliy an'analariga hurmat va ularning huquqlarini ta'minlashga qaratilgan «Buxoro deklaratsiyasi» qabul qilinishi kutilmoqda.
– Ushbu xalqaro forumning shakli haqida qisqacha ma'lumot bera olasizmi?
- Halqaro forum doirasida qator tadbirlar o'tkaziladi. Toshkentda uchta parallel ilmiy-tematik seminar uyushtiriladi. Ushbu seminarlarda ko'p millatli jamiyatda dinlararo muloqot va din erkinligini ta'minlashda qonun ustuvorligini mustahkamlash, shuningdek, turli diniy konfessiyalar vakillari o'rtasida o'zaro ishonch va hurmat muhitini yaratish masalalari muhokama qilinadi.
Shu o'rinda e'tiboringizni 19-20 may kunlari Buxoro shahrida bo'lib o'tadigan “Deklaratsiyalar muloqoti” forumining yakuniy va eng muhim qismiga qaratmoqchiman. U erda ilmiy-amaliy seminarning natijalari sarhisob qilinadi, shuningdek, din va dinlararo muloqotni ta'minlash masalalari yuzasidan fikr almashiladi, bu borada kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilanadi. Forumning asosiy natijasi “Buxoro deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi bo'ladi.
Forum doirasida xorijiy ishtirokchilar uchun Samarqand shahriga tanishuv safari ham tashkil etiladi.
– Shafoat Fayzullayevna, suhbatimiz davomida «Buxoro Deklaratsiyasi»ni bir necha bor tilga oldingiz. Ayting-chi, ushbu deklaratsiya o'zaro hamjihatlikni mustahkamlash va xalqaro hamjamiyatning dunyoda diniy erkinliklarni ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarini birlashtirish uchun qanday ahamiyatga ega bo'ladi?
– Buxoro dunyoning eng qo'hna shaharlaridan biri ekanligi hammaga ma'lum. U bir necha tamaddunlar, diniy jamoalar, madaniyatlar va e'tiqod tizimlarining chorrahasida joylashgan. Buxoro, shuningdek, ming yillar davomida atoqli olimu ulamolarning vatani bo'lib kelgan. Buxoro madrasalarining bitiruvchilari Islom ilohiyoti rivojiga benazir hissa qo'shgan. Bu tabarruk zaminda Islom dinining salmoqli intellektual salohiyati yaratilgan.
Shuni inobatga olgan holda, forum ishtirokchilari xalqaro hamjamiyatni dunyoning barcha mintaqalarida millatlararo va fuqarolar totuvligining muhim sharti sifatida dinlararo muloqotni kengaytirishga yanada ko'proq e'tibor qaratishga chaqirish maqsadida ushbu shaharda tegishli deklaratsiyani qabul qiladi.
Qabul qilinishi kutilayotgan “Buxoro Deklaratsiyasi” ilgari Marokash (2016 yil), Jakarta (2017 yil), Potomak (2018 yil), Punto-del-Este (2018 yil), Makka (2019 yil)da qabul qilingan deklaratsiyalarning mantiqiy davomi va ularga qo'shimcha bo'lishi hamda O'zbekistonning diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik g'oyalarini xalqaro miqyosda qaror toptirishga qo'shadigan muhim hissasi bo'ladi.
Shuni alohida ta'kidlashni istardimki, «Buxoro deklaratsiyasi» oldingi deklaratsiyalarning asosiy tamoyillarini rivojlantirishi barobarida ularga yanada ko'proq ahamiyat beradi. Ularning asosiy g'oyalari qatorida «diniy ozchiliklarning huquqlarini himoya qilish», «diniy ta'lim zo'ravon ekstremizmga qarshi kurashning eng muhim manbai», «diniy erkinlikning umumbashariy huquq sifatida ahamiyati», «inson qadr-qimmati, uning din va e'tiqod erkinligi bilan bog'liqligi», «diniy va madaniy farqlaridan qat'i nazar barcha insonlarning tengligi» kabilarni misol sifatida keltirish mumkin.
Shu bilan birga, bo'lajak forumda leytmotiv sifatida qabul qilingan «Buxoro deklaratsiyasi» dinlarning tinchliksevar tabiati, dinlararo muloqot va bag'rikenglikning muhimligi, diniy ma'rifatning ahamiyati haqidagi g'oyani e'tiqod erkinligi va insonlar o'rtasida o'zaro anglashuvni ta'minlashning muhim omillari sifatida targ'ib qiladi.
Muxtasar qilib aytganda, bo'lajak «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumi misolida shuni komil ishonch bilan aytish mumkinki, O'zbekiston asosiy maqsadi bag'rikenglik madaniyatini mustahkamlash, butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashdan iborat bo'lgan yirik yaratuvchanlik tadbirlari markaziga aylanib bormoqda.
«Deklaratsiyalar muloqoti» forumi ishtirokchilarining e'tiqod erkinligi, dinlararo muloqot va jamiyatda millatlararo totuvlikni ta'minlash, turli millat vakillari va xar xil din tarafdorlarini turli madaniyat va an'analarni hurmat qilish hamda diniy bag'rikenglik g'oyalarini qaror toptirishga qaratilgan chaqirig'ini jahon hamjamiyatini qo'llab-quvvatlashiga umid qilamiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Imom Abul Mu’in Nasafiy rahmatullohi alayh "Tabsiratul adilla" asarlarida Xuroson va Mavoraunnahr aholisi hanafiylikni Imomi A’zam rahmatullohi alayhning yetakchi shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy, uning shogirdi Abu Suraymon Juzjoniy, uning do‘sti Shayx Abu Bakr Ahmad, Shayx Is'hoq Sobih Juzjoniy, Imom Abu Bakr Juzjoniy, Imom Abu Nasr Ahmad ibn Abbos Iyodiy Ansoriy va Imom Moturidiy silsilasi orqali o‘rgangan deb keltiradi. Imom Nasafiyning ta’kidlashlaricha bu olimlar ilk davrdan boshlab Movarounnahrning barcha hududlarida hamda Xurosonning Marv va Balx shaharlarida hanafiylik mazhabini yoyishda jonbozlik ko‘rsatishgan.
Imom Moturidiy rahimahulloh Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning e’tiqodiy qarashlarini yaxshi o‘zlashtirishdan tashqari mintaqamizda hanafiylik tarqalishida muhim hissa qo‘shganlar.
Kosonsoy tuman "Buzrukho‘ja" jome masjidi imom-xatibi
Sodiqjon Abdurahmanov
Manba: @Softalimotlar