Birlashgan Arab Amirliklarida turizm sohasida dunyodagi eng yirik tadbir — «Arabian Travel Market – 2022» («ATM-2022») xalqaro sayyohlik ko'rgazmasi ish boshladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
«Keling, sayohat va turizm kelajagini birgalikda shakllantiraylik» shiori ostida o'tayotgan ushbu xalqaro tadbirda dunyoning 100 ga yaqin mamlakati, jumladan, O'zbekiston, BAA, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Kipr, Misr, Ozarbayjon, Belarus', Armaniston, Indoneziya, Malayziya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Mal'div orollari, Filippin, Tailand, Meksika va boshqa mamlakatlar kompaniyalari qatnashmoqda.
Halqaro ko'rgazmada O'zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi, «Uzbekistan Airways» AJ, «Orient Mice», «Dolores Travel», «Sanat travel experts Sogda tour», «Asia tour elite», «International caravan travel service», «Amirsoy» kompaniyalari, «Hyatt Regency hotel Tashkent» mehmonxonasi va boshqa sayyohlik tashkilotlari tomonidan tayyorlangan milliy stend namoyish etilmoqda.
Tadbir doirasida Birlashagan Arab Amirliklarida istiqomat qilib kelayotgan faol vatandoshlar, blogerlar va media vakillari ko'magida O'zbekistonda turizmni rivojlantirish, sayyohlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar, ularning xavfsizligini ta'minlash uchun ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqlarida keng targ'ib qilinmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#xabar
Bugun yurtimiz bo‘ylab muborak Ramazon oyining ilk taroveh namozi asnosida boshlangan xatmi Qur’onlar ko‘tarinki ruh va o‘zgacha fayz ila ado etildi.
Jome masjidlarga jam bo‘lgan mo‘min-musulmonlar xufton namozidan keyin mohir qorilarimizning go‘zal qiroatlaridan bahra olib, duoyu iltijolar bilan qalblari munavvar bo‘ldi.
Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bu yilgi ilk taroveh namozini Toshkent shahridagi "Hazrati Imom" jome masjidi jamoati bilan birga ado etdilar.
Jamoat namozidan oldin Muftiy hazratlari ushbu jomega jam bo‘lgan mo‘min-musulmonlarga Ramazoni sharif va xatmi Qur’onning fazilatlariga oid ta’sirli mav’iza qilib berdilar.
Eslatib o‘tamiz, ulug‘ oy davomida yurtimiz bo‘ylab 2101 ta masjidda ado etiladigan taroveh namozlari, xususan, 1762 ta jomeda o‘qiladigan xatmi Qur’onlar yurtimizga fayzu baraka yog‘ilishiga sabab bo‘ladi, insha Alloh.
Alloh taolo diyorimizdagi tinchlik va osoyishtalikni bardavom aylab, muborak oyni barchamiz uchun rahmat, mag‘firat va baraka oyi qilsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati