Savdogarlar va so'fiylar ajoyib Samarqand va Buxoro shaharlaridan Hind vodiysi va undan boshqa joylarga safar qilib, hikmatli so'zlarni tarqatish, savdo yuritish bilan birga o'z g'oyalari, dunyoqarashlari bilan ham o'rtoqlashgan.
O'zA xabariga ko'ra, bir qancha so'fiy avliyolar ham butun mintaqada diniy bag'rikenglik, o'zaro hurmat va mehr oqibatni targ'ib etib, Islom dinining asl mohiyatini etkazgan holda, Janubiy Osiyo bo'ylab sayohat qilgan.
Tasavvuf markazi bo'lgan O'zbekiston hadis ilmini targ'ib etishga beqiyos hissa qo'shgan Imom Buxoriy kabi ko'plab Islom arboblarining vatani hisoblanadi. Bu hududda vujudga kelgan so'fiylik tariqatlari Islom dini va uning ta'limotlari bilan dunyoni yoritgan.
Pokistonda “Butun dunyoda nur osmondan, faqat Samarqand va Buxoroda erdan taraladi”, degan xalq maqoli bor. Bu maqolda shu zamin odamlarining ilmiy va boy madaniyati aks etgan.
Pokiston va O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritganidan so'ng ikki xalq o'rtasidagi yaqin aloqalar qayta tiklandi. Ularning umumiy o'tmishi va kelajakka bir xil intilishlari xalqlarni taraqqiyot va farovonlik yo'lida birlashtirib turadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#xabar #muftiy #misr #matbuot
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining sun’iy intellekt haqidagi maqolasi Misr Arab Respublikasidagi bir necha yuz minglab kuzatuvchilarga ega see.news (https://see.news/artificial-intelligence-between-technical-evolution-and-sharia-responsibility-a-contemporary-islamic-vision), darelhilal.com (https://darelhilal.com/News/3164420.aspx), aldiplomasy.com (https://www.aldiplomasy.com/en/?p=42807) va safqa.news (https://www.safqa.news/137466) kabi internet nashrlarida arab va ingliz tillarida keng yoritilib, jamoatchilik e’tiborini tortdi.
Maqolada sun’iy intellekt bugungi kunda iqtisod, ta’lim, tibbiyot, xavfsizlik va davlat xizmatlarida ulkan imkoniyatlar yaratayotgani alohida ta’kidlangan. Zamonaviy texnologiyalar aqlli shaharlar qurish, xizmatlar sifatini oshirish va jamiyat rivojiga xizmat qilayotgani qayd etilgan.
Shu bilan birga, Muftiy hazratlari taraqqiyot bilan bir qatorda insoniy qadriyatlar va diniy me’yorlar ustuvor bo‘lishi lozimligini uqtirgan. Sun’iy intellekt inson aqlining mahsuli ekani, texnologiya insonni emas, inson texnologiyani boshqarishi kerakligiga e’tibor qaratilgan.
Maqolada sun’iy intellektni hayotga to‘g‘ri tatbiq etish, uni nazorat qilish va ayniqsa din va fatvo bilan bog‘liq nozik masalalarda ehtiyotkorlik zarurligi ta’kidlangan. Fiqhiy manbalarga ko‘ra, sun’iy intellekt ma’lumot tahlilida yordamchi bo‘lishi mumkin, ammo fatvo berish faqat malakali va mas’ul faqihlar zimmasida ekani ochiq bayon etilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati