Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyul, 2025   |   22 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:05
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:58
Xufton
21:30
Bismillah
17 Iyul, 2025, 22 Muharram, 1447

Masjidlardan ortiqcha kommunal to'lov undirishning oldini olish bo'yicha tushuncha berildi

11.05.2022   1056   1 min.
Masjidlardan ortiqcha kommunal to'lov undirishning oldini olish bo'yicha tushuncha berildi

Shu yil 11 may kuni O'zbekiston musulmonlari idorasida Huquqshunoslik bo'limi “Zoom” platformasi orqali Qashqadaryo viloyati vakilligi va masjidlar ishini yurituvchi mas'ul xodimlar bilan onlayn uchrashuv o'tkazildi.

Masofadan turib o'tkazilgan tadbirni Huquqshunoslik bo'limi mudiri v.v.b. Jahongir Hotamov va bo'lim mas'ul xodimi Elyor Minavarov olib bordi.

Onlayn tadbirda Jahongir Hotamov ishtirokchilarga O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi loyihasidagi yangilik va o'zgarishlar haqida ma'lumot berdi.

Shuningdek, masofaviy uchrashuvda masjidlardan kommunal to'lovlar uchun ortiqcha haq undirishni nazorat kilish, 2003 yildagi Vazirlar Mahkamasining “Din sohasidagi ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim ishlarini va faoliyatni yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko'mak va imtiyozlar berish to'g'risida”gi 364-qarori va shu yildagi 525-sonli VM farmoyishi amalda ekani, diniy tashkilotlar barcha kommunal to'lovlarni jismoniy shaxslar bilan bir xilda to'lashi belgilangani tushuntirildi va bu to'g'rida hududdagi diniy soha vakillariga etkazish aytildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Yomon tush ko‘rganda nima qilinadi?

16.07.2025   2822   2 min.
Yomon tush ko‘rganda nima qilinadi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Men tush ko‘rdim va uyg‘onib Ibni Sirinning "Tushlar ta’biri" kitobini ko‘rsam yomonroq chiqdi va siqilib qoldim. Tush ta’biri masalalariga musulmon inson qanday qarashi kerak?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Avvalo shuni aytishimiz kerakki, Ibn Siriyn rahimahullohga nisbat berilgan “Tushlar ta’biri” kitobi u zotga tegishli emas. Shuning uchun bu kitobni u zotga nisbat berib bo‘lmaydi. Dinimizga ko‘ra tushlar uch xil bo‘ladi:
– Alloh taolo tomonidan bo‘lgan, tahorat bilan yotilganda, tongga yaqin ko‘riladigan, solih tushlar.
– Shaytondan bo‘lgan, aniq esda qolmaydigan, kayfiyatni tushiradigan, alahsirashga o‘xshash yomon tushlar.
– Kasbiga yoki qiziqqan narsasiga taalluqli tushlar.

Dinimizda tush ko‘rganda nima qilish kerakligi borasida aniq tavsiyalar kelgan. Agar rost tushlar shariatga mos kelsa, amal qilish mumkin, agar zid kelsa, qat’iy amal qilinmaydi. Yomon tush ko‘rgan kishi tushini birovga aytmasligi va tushning yomonligidan Alloh taolodan panoh so‘rashi kerak. Bu haqida Abdulloh ibn Qatoda roziyallohu anhu otasidan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Rost tush Allohdan, yomon tush shaytondan. Birortangiz qo‘rqinchli tush ko‘rsa, chap tomoniga tuflab qo‘ysin va tushning yomonligidan (Allohdan) panoh so‘rasin. Shunda yomon tush zarar qilmaydi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Ya’ni yomon tush ko‘rgan kishi chap tomonga yengilgina tuflab: “Robbim! Ko‘rgan tushimni yomonligidan panoh so‘rayman”, deb qo‘yadi.

Ba’zi ulamolar imkon bo‘lsa o‘rnidan turib, tahorat olib, ikki rakat nafl namoz o‘qigani hamda biroz sadaqa qilib qo‘ygani yana ham yaxshi, deyishgan.
Shuningdek, tush inson taqdirini belgilamaydi. Tushga ortiqcha baho berib, uni hayot mezoniga aylantirish to‘g‘ri emas. Biz dinimiz ko‘rsatmalariga og‘ishmay amal qilsak, ham moddiy, ham ruhiy tarafdan sog‘lom, irodamiz mustahkam bo‘ladi. Vallohu a’lam!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.