Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Fevral, 2026   |   15 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:12
Quyosh
07:33
Peshin
12:42
Asr
16:00
Shom
17:46
Xufton
19:00
Bismillah
03 Fevral, 2026, 15 Sha`bon, 1447

Dinda savolim bor: Zuho namozi nima uchun o'qiladi?

09.05.2022   2175   3 min.
Dinda savolim bor: Zuho namozi nima uchun o'qiladi?

“Zuho” so'zining ma'nosi nima? Eshitishimcha, Bomdod namozidan keyin Zuho namozi o'qilar ekan. Bu namoz nima uchun o'qiladi?

— “Zuho” so'zi – “choshgoh vaqti” degan ma'noni anglatadi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Qasamyod eturman choshgoh vaqti bilan” (“Zuho” surasi, 1-oyat).

Quyosh chiqqandan taxminan o'n besh daqiqa o'tgach, ushbu namozni o'qish mumkin. Uning eng afzal vaqti bomdod namozini ado etgandan so'ng, o'sha joyda quyosh chiqquncha zikr bilan mashg'ul bo'lib, quyosh chiqqandan keyin o'qishdir.

Zuho namozi ikki rakatdan o'n ikki rakatgacha o'qiladi, eng afzali to'rt rakatdan o'qishdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday qilganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim to'rt rakat Zuho namozini muntazam o'qisa, gunohi dengiz ko'piklaricha bo'lsa ham, kechiriladi”, dedilar (Imom Termiziy, Imom Ibn Moja, Imom Ahmad rivoyati).

Abu Sa'id Hudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Zuho namozini ba'zan uzluksiz o'qir edilar. Biz endi bu namozni hargiz tark qilmaydilar, derdik. Gohida esa o'qimas edilar, endi bu namozni hargiz o'qimasalar kerak, deb o'ylardik”(Imom Termiziy, Imom Ahmad rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zuho namozida “Shams” va “Zuho” suralarini o'qir edilar.

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har biringiz bo'g'in va suyaklar ustida tong ottirganingiz uchun bir sadaqa bor. Har bir tasbehingiz – sadaqa. Har bir tamhid (Alhamdulillah) – sadaqa, har bir tahlil (Laa ilaha illalloh) – sadaqa, har bir takbir – sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz ham, yomonlikdan qaytarishingiz ham sadaqadir. Endi bularning hammasi uchun ikki rakat Zuho namoz o'qishingiz kifoya qiladi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyiladi: Albatta, jannatda bir eshik bor. U “Zuho” deb nomlanadi. Qiyomat kuni bo'lganda, bir jarchi nido qilib: “Zuho namozini doim o'quvchilar qani? Bu sizlarning eshigingizdir. Unga Allohning rahmati ila kiringlar”, deydi(Imom Tabaroniy rivoyati).

Muhammad Ayyub domla Homidov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+)

02.02.2026   5161   1 min.
Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+)

#Sayyor_yig‘ilish

Bugun, 2026 yil 2 fevral kuni Toshkent shahridagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi majlislar zalida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov olib bordilar.

Yig‘ilishda O‘MI Toshkent shahar vakilligi mutasaddilari,  shahrimiz ulamolari  shuningdek  tumanlar bosh imomlari, otinoyilar, «Haj 2025» ziyoratchilari va mhallalar raislari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida har bir mahallaning kamida 5 tagacha muammoli xonadoniga kirilib, u yerda yashayotgan kishilardan hol-ahvol so‘raldi. 

Imom-xatiblar 7 toifaga mansub yuzdan ziyod  oilaga, otinoyilar 4 toifaga mansub o‘nga yaqin oilaga kirilib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlari olib borildi. 

Yot g‘oyalar ta’siriga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning tushunchalari to‘g‘rilandi.

Notinch oilalar o‘rganilib, ular yarashtirildi.

Tadbirda ichkilikka ruju qo‘ygan kishilar bilan ham suhbatlashilib, ularga sog‘lik katta ne’mat ekani tushuntirildi.

Diniy soha xodimlarining «Haj 2025» ziyoratchilari bilan birga mahallalarga, oilalarga kirib borayotganidan aholi juda mamnun. 

Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+) Yuzdan ziyod xonadonga kirilib, zarur ko‘maklar berildi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari