Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Fevral, 2026   |   14 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:13
Quyosh
07:34
Peshin
12:42
Asr
15:59
Shom
17:44
Xufton
18:59
Bismillah
02 Fevral, 2026, 14 Sha`bon, 1447

Dinda savolim bor: Zuho namozi nima uchun o'qiladi?

09.05.2022   2171   3 min.
Dinda savolim bor: Zuho namozi nima uchun o'qiladi?

“Zuho” so'zining ma'nosi nima? Eshitishimcha, Bomdod namozidan keyin Zuho namozi o'qilar ekan. Bu namoz nima uchun o'qiladi?

— “Zuho” so'zi – “choshgoh vaqti” degan ma'noni anglatadi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Qasamyod eturman choshgoh vaqti bilan” (“Zuho” surasi, 1-oyat).

Quyosh chiqqandan taxminan o'n besh daqiqa o'tgach, ushbu namozni o'qish mumkin. Uning eng afzal vaqti bomdod namozini ado etgandan so'ng, o'sha joyda quyosh chiqquncha zikr bilan mashg'ul bo'lib, quyosh chiqqandan keyin o'qishdir.

Zuho namozi ikki rakatdan o'n ikki rakatgacha o'qiladi, eng afzali to'rt rakatdan o'qishdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday qilganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim to'rt rakat Zuho namozini muntazam o'qisa, gunohi dengiz ko'piklaricha bo'lsa ham, kechiriladi”, dedilar (Imom Termiziy, Imom Ibn Moja, Imom Ahmad rivoyati).

Abu Sa'id Hudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Zuho namozini ba'zan uzluksiz o'qir edilar. Biz endi bu namozni hargiz tark qilmaydilar, derdik. Gohida esa o'qimas edilar, endi bu namozni hargiz o'qimasalar kerak, deb o'ylardik”(Imom Termiziy, Imom Ahmad rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zuho namozida “Shams” va “Zuho” suralarini o'qir edilar.

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har biringiz bo'g'in va suyaklar ustida tong ottirganingiz uchun bir sadaqa bor. Har bir tasbehingiz – sadaqa. Har bir tamhid (Alhamdulillah) – sadaqa, har bir tahlil (Laa ilaha illalloh) – sadaqa, har bir takbir – sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz ham, yomonlikdan qaytarishingiz ham sadaqadir. Endi bularning hammasi uchun ikki rakat Zuho namoz o'qishingiz kifoya qiladi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyiladi: Albatta, jannatda bir eshik bor. U “Zuho” deb nomlanadi. Qiyomat kuni bo'lganda, bir jarchi nido qilib: “Zuho namozini doim o'quvchilar qani? Bu sizlarning eshigingizdir. Unga Allohning rahmati ila kiringlar”, deydi(Imom Tabaroniy rivoyati).

Muhammad Ayyub domla Homidov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda

02.02.2026   1349   1 min.
Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan azon va iqoma bo‘yicha ijoza berish an’anasi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur xayrli ishning davomi sifatida 2026 yil 21 yanvardan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari o‘qituvchilari hamda oliy va o‘rta islom ta’lim muassasalari ustozlari uchun “Azon darslari” tashkil etildi.


Bugun, 2 fevral kuni “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limida mazkur mutaxassislar uchun azon va iqoma bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.


Mashg‘ulotlar bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum tomonidan olib borilmoqda.


Bugungi darslarda Toshkent Islom instituti qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari filiallari o‘qituvchilari hamda mazkur ta’lim dargohlari ustozlari ishtirok etdilar.


Dars davomida har bir tinglovchining azon va iqoma borasidagi mahorati yakka tartibda tinglanib, zarur tavsiyalar berildi. Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilarga azon va iqoma bo‘yicha ijoza guvohnomalari topshirilishi rejalashtirilgan. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari