17-20 may kunlari Qozon shahrida "Qozon – IHT yoshlar poytaxti 2022" turkum tadbirlari doirasida Qur'oni Karim tanlovi o'tkaziladi.
Tadbir tashkilotchilari orasida Tatariston Respublikasi yoshlar ishlari vazirligi va IHT yoshlar forumi, shuningdek, Yoshlar diplomatiyasi akademiyasi, "Selet" Tatariston Respublika yoshlar jamoat fondi va Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy idorasi bor.
Ta'kidlanishicha, tanlov musulmon yoshlar o'rtasida Qur'oni Karim amaliyoti va o'rganilishini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bo'lib, musulmonlarni Qur'on o'qish an'anasi bilan tanishtirish, Qur'on hofizlari orasida eng yaxshi qiroatchilarni aniqlash va rag'batlantirish maqsadida o'tkazilmoqda. Tanlov Volga Bulg'ori tomonidan islomni qabul qilganligining 1100 yilligini nishonlash doirasida o'tkaziladi.
Islam-today xabariga ko'ra, bugungi kunda tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlarga javob berishlari kerak:
* IHTga a'zo davlatlar yoki Rossiya Federatsiyasining fuqaroligiga ega bo'lish yoki IHTga a'zo bo'lmagan davlatlarda musulmon jamoasining vakili bo'lish;
• 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lishg;
* belgilangan tillardan birida gapirish: ingliz, arab, rus yoki tatar;
* tajvid (Qur'on tilovati) qoidalariga ega bo'lish va Qur'oni Karimning mohiyati haqida tasavvurga ega bo'lish;
* Qur'oni Karim matnini yoddan bilishini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lish;
* doimiy yashaydigan mamlakatning diniy idorasi nomidan rasman nomzod qilib ko'rsatilishi.
G'oliblar "Qozon – 2022 yoshlar poytaxti"tashkiliy qo'mitasi tomonidan berilgan sertifikat bilan taqdirlanadi. O'g'il - qizlar o'rtasida 1-o'rin uchun beriladigan mukofot pul mukofotidir. 2 va 3 – o'rin uchun sovrinlar - Apple uskunalari.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Islom tinchlik va omonlik dini bo‘lishlik bilan bir qatorda, o‘zgalarni ham doimo tinchlikka ergashishlikka, uni asramoqlikka chaqiradi. Yaratgan tomonidan bu dinni Islom deb nomlanishi ham fikrimizning yaqqol isbotidir[1].
Islom so‘zi arabcha “salama” yoki “salima” so‘zlaridan olingan bo‘lib, bu so‘zlar “tinchlik”, “omonlik”, “xavfsizlik”, “salomat bo‘lish” kabi ma’nolarni anglatadi. Islom so‘zining lug‘aviy ma’nosidan shu ayon bo‘ladiki, Islom faqat va faqat tinchlikka da’vat etadi.
Din sifatida esa u o‘zida tinchlikni mujassamlagan va uning timsoliga aylangan. U bashariyatni sabr-toqatli, tinchliksevar, mehr-muruvvatli, tartibli, bag‘rikeng, qanoatli bo‘lishlikka targ‘ib etadi.
Agar Qur’oni karim yoki Hadislarda zikr etilgan muslim yoki mo‘min so‘zlarining ma’no, mazmuniga ahamiyat beradigan bo‘lsak, shu aniq bo‘ladiki Alloh va Uning Rasuli sollallohu alayhi vasallam nazdida, “muslim” o‘zida tinchlik va omonlikni mujassamlagan bo‘lsa, “mo‘min” esa mehr-muxabbat, tinchliksevar, bag‘rikenglik, og‘ir-bosiqlik, sokinlik, kabi asl insoniy fazilatlarga ega shahs tushuniladi.
“The Fatwa on Terrorism and Suicide Bombings” kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi
[1] "Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir" (Oli Imron surasi, 19-oyat); "Va sizga Islomni din deb rozi bo‘ldim" (Moida surasi, 3-oyat); "U sizlarni bundan oldin va (Qur’on)da Payg‘ambar sizlarga guvoh bo‘lishi uchun, sizlar esa, odamlarga guvohlar bo‘lishingiz uchun musulmonlar deb nomladi" (Haj surasi, 78-oyat).