Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Mart, 2026   |   6 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:58
Quyosh
06:17
Peshin
12:34
Asr
16:51
Shom
18:45
Xufton
19:58
Bismillah
26 Mart, 2026, 6 Shavvol, 1447

Turkiy davlatlari din peshvolari Sohibqironning Ahmad Yassaviyga bo'lgan ehtiromini yuqori baholadilar

06.05.2022   1635   2 min.
Turkiy davlatlari din peshvolari Sohibqironning Ahmad Yassaviyga bo'lgan ehtiromini yuqori baholadilar

Bugun, 6 may kuni Qozog'iston Respublikasi Turkiston viloyati markazida turkiy davlatlar din peshvolari ishtirokida “Turkiy xalqlarning islom tsivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo'lib o'tmoqda.

Halqaro anjuman ishtirokchilari kunni Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qilishdan boshladilar. Din peshvolari Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasiga tashrif buyurib, u kishining haqlariga o'qilgan 100 ta xatmi Qur'onni yakunini qilib, duolar qildilar.

Tarixiy manbalardan ma'lumki, Qozog'istonning eng muhtasham tarixiy yodgorligi Hazrat Ahmad Yassaviy xonaqohi Amir Temur tomonidan bunyod etilgan. Bu yodgorlik Temur davridan beri saqlanib qolgan eng katta majmuadir. Muhtasham majmua maqbara, masjid, kutubxona, katta va kichik saroy, madrasa va 35 ta hujra, quduqxona va oshxonani o'z ichiga qamrab olgan. Uni Amir Temurning o'zi shaxsan loyihalashtirgan va o'lchovlarini chizib bergan deyiladi manbalarda. Bu esa Amir Temurning Ahmad Yassaviyga bo'lgan yuksak hurmat-ehtiromi ramzidir.
Din peshvolari ziyorat asnosida majmua bilan yaqindan tanishar ekan, uning qurilishiga va Sohibqironning Ahmad Yassaviyga bo'lgan ehtiromini yuqori baholadilar.

 


O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Imom Buxoriy majmuasi: Ulamolar ehtiromi va ilk hayit namozi

26.03.2026   262   1 min.

Samarqand viloyatida joylashgan Imom Buxoriy majmuasi nafaqat O‘zbekiston, balki butun islom olamida ulug‘ ziyoratgoh hisoblanadi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Imom Buxoriy majmuasining ahamiyatini alohida ta’kidlab, bu maskan islom ma’rifatini yoyish, yosh avlodni milliy va diniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynashi haqida bayon qilgan.

Yaqinda majmuada ilk hayit namozi ado etildi. Bu voqea musulmonlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Namozga minglab namozxonlar tashrif buyurishdi.

Ushbu ko‘rsatuvda Imom Buxoriy majmuasining ahamiyati va ulamolarimiz tomonidan e’tirof etilishi yoritilgan. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 

Videolavhalar