Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Noyabr, 2025   |   5 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:24
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:18
Bismillah
26 Noyabr, 2025, 5 Jumadul soni, 1447

"PULLMAN ZAMZAM" BOSh DIRYeKTORI BILAN NARH MASALASIDA MUZOKARA OLIB BORILDI

04.05.2022   3964   2 min.

Madinai munavvara safari davomida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi “Pullman Zamzam” mehmonxonalar tarmog'i Bosh direktori Shayx Ali Ahmad al-Baytiy bilan uchrashuv o'tkazdilar.

Muloqot davomida O'zbekiston tomoni yurtimiz ziyoratchilari uchun Madinai shahrida besh yulduzli va barcha qulayliklarga ega bo'lgan zamonaviy mehmonxonalar xizmati ko'rsatish saviyasini saqlagan holda yaqinlashayotgan Haj mavsumida ham narxni oshirmaslik masalasiga alohida urg'u qaratdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar o'zlarining shart va talablarini bayon etdilar.
Shayx Ali Ahmad al-Baytiy mehmonxonalardagi qulaylik va sharoitlar haqida so'zlab, Imom Buxoriy zaminidan kelgan ziyoratchilarga xizmat ko'rsatish katta baxt va yuksak sharaf ekanini izhor etdi.

Eslatimiz o'tamiz, Haj delegatsiyasi Madina shahridagi haj ziyoratchilariga xizmat qilishi mumkin bo'lgan eng zamonaviy mehmonxonlarni ko'zdan kechirgani va Rasul alayhissalom shahrida o'z ibodatlarini ado etayotgan o'zbekistonlik umrachilar bilan ibodatu ziyoratlar va yaratilgan sharoitlar borasida yaqindan muloqot qilgani haqida xabar bergan edik.

Safar jarayonlari va erishilgan natijalarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Sen qalbingda kechayotgan narsaning qulisan

26.11.2025   85   1 min.
Sen qalbingda kechayotgan narsaning qulisan

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ubudiyya (bandalik) degani qullik va asirlikni bildiradi. Inson ko‘nglini nimaiki zabt etib, g‘olib kelgan bo‘lsa, banda o‘shaning quliga aylanadi. Agar inson o‘z nafsining asiri bo‘lsa, nafsiga qul bo‘ladi, agar dunyoning asiri bo‘lsa, demak, dunyoning quli bo‘ladi.

Insof bilan qaralganda, ko‘nglini tamomila dunyo muhabbati va tashvishlari ishg‘ol etgan muridning ibodati tananing ozori va charchog‘idan o‘zga narsa emas. Bunday ibodat, garchi u ko‘p bo‘lsa-da, Allohning oldida qimmati yo‘q, jonsiz jasadga o‘xshaydi. Ko‘rib turubmizki, bugungi davrimizda ba’zi insonlar dunyo ortidan kun bo‘yi yelib-yugurib, tunlari esa ko‘p ibodat qilishga intiladilar. Ammo bu xildagi ibodatlar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, dunyo muhabbati bilan yo‘g‘rilgani sabab, egasini Haqqa yaqinlashtirolmaydi. Bas, shunday bo‘lgach, endi faqat dunyo deb yelib-yugurib, gunoh ishlardan ham tiyila olmayotganlarning onda-sonda qilgan ibodatlari ularni Haqqa eltarmikan?!

Yakka Xudoga sig‘inuvchi mo‘minlar yolg‘iz Allohga hamda Uning amrlarini to‘la-to‘kis qabul etuvchi va amalga oshiruvchi kimsalargagina itoat etadilar, xolos. Bandaning haqiqiy qadru qimmati kimga yoki nimaga sig‘inishi va ergashishi bilan belgilanadi. Biluvchining qadri uning aynan nimani o‘rganishi va o‘zlashtirishiga bog‘liqdir.

“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.

Maqolalar