Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Iyul, 2025   |   15 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
04:59
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:36
Bismillah
10 Iyul, 2025, 15 Muharram, 1447

Ramazon hayiti namozi qanday o'qiladi?

01.05.2022   5344   1 min.
Ramazon hayiti namozi qanday o'qiladi?
  1. Avvalo "Ikki rakat iydul fitr namozini ushbu imomga iqtido qilib, Ka'baga yuzlanib, xolis Alloh taolo uchun ado etishni niyat qildim" deyiladi.
  2. Imom “Allohu akbar” deb birinchi takbirni aytgach jamoat ham qo'llarini quloq barobarida ko'tarib, ichida takbir – “Allohu akbar” deb aytadi.
  3. Keyin qo'llar bog'lanib, har kim ichida sano duosi (Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta'ala jadduka va la ilaha g'oyruk)ni o'qiydi.
  4. So'ngra imom uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo'llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so'ng qo'llar bog'lanadi.
  5. Imom “Fotiha” surasini va zam sura o'qiydi. So'ng takbir aytib ruku va sajda ado etiladi.
  6. Shundan so'ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom “Fotiha” surasi bilan zam sura o'qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi.
  7. To'rtinchi takbirda qo'l ko'tarmasdan imom orqasidan ruku va sajda ado qilinadi.
  8. So'ngra “Attahiyyot”, “Salovat” va “Duo” o'qilib, salom berilib, namoz tugatiladi.

Alloh ibodatlaringizni O'z dargohida qabul etsin!

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bu kampirga nega iliq munosabat ko‘rsatdingiz?

09.07.2025   3083   1 min.
Bu kampirga nega iliq munosabat ko‘rsatdingiz?

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

U kishi aytadilar: Bir kampir Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. U zot mening huzurimda edilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: — «Siz kimsiz?» — dedilar. U: — «Men Jusama al-Muzaniyyaman», — dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — «Yo‘q, siz — Hasona al-Muzaniyyasiz! O‘zingiz qandaysiz? Ahvollaringiz qanday? Biz ketgandan keyin qanday yashayapsizlar?» — dedilar. U: — «Yaxshimiz, otam va onam sizga fido bo‘lsin, ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam​», — dedi.

Kampir chiqib ketgach, men dedim: — «Yo Rasululloh, shu kampirga bunchalik iliq munosabat ko‘rsatmasangiz?» Shunda u zot: — «U Xadicha zamonida uyimizga kelib turar edi. Eski tanishlar bilan chiroyli muomala qilish iymondandir», dedilar.

Homidjon qori ISHMATBЕKOV