Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyul, 2025   |   22 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:05
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:58
Xufton
21:30
Bismillah
17 Iyul, 2025, 22 Muharram, 1447

G'AFLATDA QOLMANG! RAMAZON OYINING OHIRGI 10 KUNLIGI BOShLANDI!

21.04.2022   3153   1 min.
G'AFLATDA QOLMANG!  RAMAZON OYINING OHIRGI 10 KUNLIGI BOShLANDI!

 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Laylatul qadrni Ramazonning oxirgi o'n kechasining toq (kecha)laridan izlanglar", deganlar.

?Qadr kechasining 1 soniyasi 23 soatdan afzal
?1 minuti 58 kundan afzal
?1 soati 9 yilu 8 oydan afzal
?1 kechasi 83 yilu 3 oydan afzal

 Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam (oxirgi) o'n kunlik kirib kelsa belbog'larini mahkam bog'lardilar, kechalarini tiriltirar va ahllarini uyg'otardilar".

 Bu yilgi ramazon oyining oxirgi toq kechalari:
21 kecha: 21 aprel (payshanba)dan — 22 aprel (juma)ga o'tar kechasi;
23 kecha: 23 aprel (shanba)dan — 24 aprel (yakshanba)ga o'tar kechasi;
25 kecha: 25 aprel (dushanba)dan — 26 aprel (seshanba)ga o'tar kechasi;
27 kecha: 27 aprel (chorshanba)dan — 28 aprel (payshanba)ga o'tar kechasi;
29 kecha: 29 aprel (juma)dan — 30 aprel (shanba)ga o'tar kechasi.

Allohim barcha mo'minlarga Ramazonning oxirgi o'n kunligida Seni rozi qiladigan amallarni qilishga muvaffaq ayla va qilgan amallarimizni qabul et!

Davron NURMUHAMMAD

#Ramazon #Laylatul_qadr
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Allohim Sendan qo‘rqaman

16.07.2025   2860   1 min.
Allohim Sendan qo‘rqaman

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.

O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).