Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ayollarda prolaktin garmoniortib ketishi tufayli kelib chiqadigan bepushtlikni davolashda ro'zaning o'rni beqiyos. Chunki ayol ro'za tutganda mazkur garmon me'yoriga kelib, undagi tabiiy holat tiklanadi va bepushtlik yo'qoladi.
Ulamolar va tibbiyot mutaxasislari birgalikda ilmiy tadqiqot olib borib, ro'za yigitlarning jinsiy rag'batiga ta'sirini o'rganib, uikki bosqichda o'tishini aniqlashdi:
Birinchisi, erkak kishi ro'za tutgan kunlari va undan keyin qisqa muddat(uch kun) davomida jinsiy rag'bati susayadi. Bunga Nabiy sollallohu alayhi vasallam uylanishga imkoni yo'q bo'lib, shahvatini tiya olmaydigan yigitlarga aytgan hadislarida ta'kidlaganlar. Hadisi sharifda: “Ey yigitlar jamoasi, sizlardan kim nikohga qodir bo'lsa, u uylansin. Albatta, u(uylanish) ko'zni tiyuvchiroq va farjni saqlovchiroqdir. Uylanishga ham imkoni bo'lmasa, ro'za tutsin. Ro'za uning uchun bichilishdir”deyilgan (Imom Muslim rivoyati).
Demak, ro'za tutish kishining shahvatini boshqarib,jinsiy maylini tartibga keltiradi.
Ikkinchisi, bir necha kun ro'za tutgandan keyin erkak kishining jinsiy quvvati ro'zani boshlashidan avvalgi holatiga qaraganda bir necha barobar ortadi. Ramazon ro'zasini tutish asnosida, insonning immunitet tizimi kuchayadi, bo'g'imlarda uchraydigan yallig'lanishlar tuzaladi, oshqozon yarasini hosil qiluvchi ortiqcha kislotalar yig'ilishi bartaraf bo'ladi.
Davron NURMUHAMMAD
Istiqlolimizning 35 yilligi arafasida Buxoro viloyatidagi imom-xatib va noiblar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha viloyat turniri bo‘lib o‘tdi.
Sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan bahslarda din peshvolari o‘zlarining jismoniy tetikligi va mahoratlarini namoyish etdilar. Murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin: Abdullo domla Avezov (Qorako‘l tumani, «Bozorxo‘ja» masjidi);
2-o‘rin: Abduvohid domla Akramoyev (Buxoro shahri, «Volidayi Abdulazizxon» masjidi);
3-o‘rin: Saddam domla Boboqulov (Peshku tumani, «Xo‘ja Peshku» masjidi).
G‘olib va sovrindorlarga Buxoro viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Otabek domla Avezov tomonidan esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Islom dinida tan salomatligi va jismoniy kuch-quvvatga alohida e’tibor beriladi. Bu kabi sport tadbirlari soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom muhit va yuqori kayfiyatni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati