Londonda halol, moda va oziq-ovqat bo'yicha dunyodagi eng yirik savdo yarmarkasi bo'lib o'tadi.
Londonda 26-27 mart kunlari bo'lib o'tadigan uzoq kutilgan Musulmon Shopping Festivalida 250 dan ortiq savdo rastalari orqali halol oziq-ovqat, modalar namoyishlari va boshqa tadbirlar o'tkaziladi.
“Men iqtisod va tijorat orqali musulmonlar kimligini dunyoga ko'rsatmoqchiman”, dedi tadbir rahbari Valid Jahongir.
Oltinchi yil o'tkazilayotgan mazkur ikki kunlik festivalga 20 ming kishi tashrif buyurishi kutilmoqda. Olti yil davomida ushbu tadbir iste'molchilar va savdogarlarning xalqaro e'tiborini tortdi va shu bois uning tez o'sishi kutilmoqda.
"Ushbu tadbir rivojlanayotgan iste'mol bozorini o'rganmoqchi bo'lgan har qanday brend uchun manfaatlidir", - dedi London musulmon savdo festivali vakili.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.
Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.
Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati