— Bir erkak hayoti davomida uchta qabr qazishi kerak, degan gapni eshitgandim. Fikri ojizimcha, bu saboq va savob uchun shunday deyilgan yoki boshqa sababdan-mi? Bu gapga dalil bo'luvchi hadis bor-mi?
— Bir erkak hayoti davomida uchta qabr qazishi kerak, degan gap asosli emas. Balki bu jamiyatda bu kabi ishlarni hamma bajarishga targ'ib uchun hamda ibrat-namuna olish maqsadida aytilgan bo'lishi mumkin.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Bismillahir Rohmanir Rohiym
IKKINCHI DALIL
Alloh taolo bunday marhamat qiladi:
﴿لاَ تَجْعَلُوْا دُعَآءَ الرَّسُوْلِ بَيْنَكُمْ كَدُعآءِ بَعْضِكُمْ بُعْضًا﴾
«Rasulni o‘z orangizda chaqirishni bir-biringizni chaqirishga o‘xshatmang» (Nur surasi, 63-oyat).
Alloh taolo ushbu oyatda mo‘minlar bir-birini qanday chaqirsalar, Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ham shunday, ya’ni «Ey Muhammad», deb chaqirishdan qaytardi, chunki bunday tarzda chaqirish Alloh taologa ham xush kelmaydigan beodoblikdir. Aksincha, buning o‘rniga «Yo Allohning Rasuli», «Yo Allohning Nabiysi», deb murojaat qilish ayni odobdir. Alloh taolo oyatning davomida: «Rasulullohga nisbatan zarracha beadablik bilan amallaringiz bekor bo‘lib qolishidan hazir bo‘ling», deb ogohlantiradi.
Alloh taoloning nazdida Nabiy sollallohu alayhi va sallamning shu darajada izzat-ikromlari borki, U Zotning O‘zi ham bu zotning ismlarini aytib xitob qilmaydi, mo‘minlarni ham bunday tarzda chaqirishdan qaytaradi. Subhanalloh!