— Bir erkak hayoti davomida uchta qabr qazishi kerak, degan gapni eshitgandim. Fikri ojizimcha, bu saboq va savob uchun shunday deyilgan yoki boshqa sababdan-mi? Bu gapga dalil bo'luvchi hadis bor-mi?
— Bir erkak hayoti davomida uchta qabr qazishi kerak, degan gap asosli emas. Balki bu jamiyatda bu kabi ishlarni hamma bajarishga targ'ib uchun hamda ibrat-namuna olish maqsadida aytilgan bo'lishi mumkin.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
حدثنا عبد الله بن محمد بن شاكر نا يحيى بن أبي بكير نا زائدة عن منصور عن شقيق عن عبد الله قال: ذكر رجل عند رسول الله صلى الله عليه وسلم فقيل: يا رسول الله إن فلانا نام الليلة حتى أصبح ما صلى فقال النبي صلى الله عليه وسلم: ذاك رجل بال الشيطان في أذنيه أو أذنه.
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning huzurlarida bir kishi zikr qilinib: “Yo Allohning Rasuli, falonchi kechasi bilan tong otguncha uxlayverdi, namoz o‘qimadi”, deyildi. Nabiy sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Bu odamning ikki qulog‘iga [yoki qulog‘iga] shayton bavl qilibdi”, dedilar”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi