Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Noyabr, 2025   |   26 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:51
Quyosh
07:13
Peshin
12:13
Asr
15:21
Shom
17:06
Xufton
18:22
Bismillah
17 Noyabr, 2025, 26 Jumadul avval, 1447

Burhoniddin Ar-Roshidoniy Al-Marg'inoniy ziyoratgohi rekonstruktsiya qilinadi

26.01.2022   1398   1 min.
Burhoniddin Ar-Roshidoniy Al-Marg'inoniy ziyoratgohi rekonstruktsiya qilinadi

Farg'ona viloyati hokimi Hayrullo Bozorov Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tuneyni qabul qildi.

Samimiy uchrashuvda Farg'ona viloyati va Turkiya o'rtasida turli sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida so'z bordi. 

Viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining xalqaro grantini ham jalb etgan holda Rishton tumanidagi Burhoniddin Ar-Roshidoniy Al-Marg'inoniy ziyoratgohini rekonstruktsiya va restavratsiya qilish loyihasi ham uchrashuvda alohida muhokama qilindi.  



Jemalettin Tuney majmua loyihasi bilan tanishar ekan, har bir bino-inshootning alohida smetasini ishlab chiqib ularga taqdim qilinsa, yakuniy hisob-kitoblardan kelib chiqib, TIKA loyihadagi qaysi ob'ektlarni moliyalashtirishini hamda tashkilotning moliyaviy ishtiroki hajmini belgilashini ma'lum qildi. Majmuaning yakuniy loyihasi yaqin kunlarda turkiyalik hamkorlarga taqdim etilishiga kelishildi. 

Rejalashtirilayotgan loyihaga ko'ra, “Sohibi Hidoya” ziyoratgohi hududida yangi va zamonaviy bino-ishootlar qurilishi va uning negizida “Fiqh” ilmiy-amaliy markazi tashkil etish, kutubxona barpo etish, Burhoniddin Ar-Roshidoniy Al-Marg'inoniyning hayoti va asarlariga bag'ishlangan muzey tashkil etish, ziyorat turizmini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. 


M. Sulaymonov, O'zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Yaxshilik yoki yomonlik qilganimni qayerdan bilaman?

14.11.2025   4004   1 min.
Yaxshilik yoki yomonlik qilganimni qayerdan bilaman?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا العباس الدوري نا أحمد بن حنبل نا عبد الرزاق أنا معمر عن منصور عن أبي وائل عن عبد الله بن مسعود أن رجلا قال: يا رسول الله كيف لي أن أعلم إذا أحسنت وإذا أسأت  قال: إذا سمعت جيرانك يقولون: إنك قد أحسنت فقد أحسنت وإذا سمعتهم يقولون: إنك قد أسأت فقد أسأت.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, bir kishi bunday debdi: “Yo Allohning Rasuli, yaxshilik yoki yomonlik qilganimni qayerdan bilaman?” dedi.

U zot alayhissalom: “Qachon qo‘shnilaringdan yaxshi ish qilding, deganini eshitsang, demak, yaxshi ish qilibsan. Agar qo‘shnilaringdan yomonlik qilding, deganini eshitsang, demak, yomon ish qilgan bo‘lasan”, dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi