O'zbekiston Prezidentining «Yangi O'zbekistonning 2022–2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi farmoni loyihasida «O'zbekiston bo'ylab sayohat qiling» dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijlik sayyohlar sonini 9 million nafarga etkazish chora-tadbirlari nazarda tutilmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Hujjatga binoat, to'siqdan xoli turizm (bareer-free tourism/ accessible tourism) infratuzilmasini mamlakatning asosiy sayyohlik shaharlarida keng joriy qilish orqali 2026 yilgacha turizm sohasida band bo'lgan aholi sonini 2 baravar oshirish, ya'ni 520 ming nafarga etkazish rejalashtirilmoqda.
Hujjatda, shuningdek, turizm va madaniy meros ob'ektlari infratuzilmasini rivojlantirish hamda 8 mingdan ortiq madaniy meros ob'ektlaridan samarali foydalanish bo'yicha davlat dasturini qabul qilish taklifi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va «Aydar-Arnasoy» ko'llar tizimida qo'shimcha turistik zonalar va dam olish maskanlarini barpo etish hamda 300 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish orqali 25 ming ish o'rinini yaratish ko'zda tutilmoqda.
Ushbu bandda, shuningdek, Samarqandni «Turizm darvozasi»ga aylantirish orqali kelgusi besh yilda sayyohlik xizmatlari hajmini kamida 10 baravarga oshirish, bu jabhada 40 ming kishining bandligini ta'minlash va 2022 yilda «Abadiy shahar» tarixiy majmuasini o'z ichiga olgan Samarqand turizm markazini hamda uning zaruriy infratuzilmani tashkil etish vazifalari belgilangan.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va Orolbo'yida ekoturizmni rivojlantirish bo'yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Bunda Mo'ynoqning yangi aeroporti imkoniyatlaridan keng foydalanish nazarda tutilmoqda.
Horazm, Buxoro viloyatlarida turizmni yangi ish o'rinlarini yaratishdagi asosiy drayver sohaga aylantirish, Navoiy viloyatida ziyorat va ekoturizm salohiyatidan samarali foydalanish, Toshkent shahrida turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash, Toshkent viloyatida turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha alohida dastur ishlab chiqiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Garchi hasadgo‘ylarim qilsam ham men malomat,
Rad etmasman ekanligim ularga uqubat.
Chodirda yashasada muslima bo‘lgan, Robbisiga ibodat qiladigan va besh vaqt namozini o‘qib, ro‘zasini tutadigan ayol baland qasrlar va ko‘plab xizmatkorlar orasida yashaydigan ayoldan baxtliroqdir. Mo‘mina bo‘lib oddiy uyda, faqatgina arpa noni va bir xo‘plam suvi hamda u bilan Qur’oni va tasbehi bo‘lgan ayol marmar uylaru baxmal ko‘rpalar orasida Robbisini tanimaydigan, Mavlosini eslamaydigan va Payg‘ambariga ergashmaydigan ayoldan baxtliroq yashaydi. Shunday ekan, siz baxtning haqiqiy ma’nosini anglang. U ko‘pchilik tor doirada tushungani kabi boyliklar, kiyimlaru taomlarda emas.
Haqiqiy baxt-saodat bu qalb roziligi, ko‘ngil rohati, nafs hotirjamligi, ruh shodligi, xulq-atvor to‘g‘riligi va qanoatdir.
Shu’la: Musulmonga aziyat bergan yoki bandaga zulm qilgan inson qanday xotirjam bo‘lsin?!