Haydaroboddagi mashhur Salar Yung muzeyi dunyodagi eng katta antiqa buyumlar va bir kishiga tegishli san'at asarlari kollektsiyasiga ega bo'lib, islom san'atining eksklyuziv galereyasini ochadi.
Islam.ru portali xabariga ko'ra, ushbu galereya muzeyning turli qismlarida namoyish etiladigan 2 500 noyob islomiy artefaktlardan tashqari, hech qachon omma oldida namoyish etilmaganlari uchun ham joy topadi. Hozirgi kunda islom san'atining bu xazinalari hind, Yaqin Sharq, Yevropa va Uzoq Sharq san'ati kollektsiyalari bilan turli galereyalarda tarqalgan.
Islom san'atining eksklyuziv galereyasi islom san'atining barcha shakllarini bir joyda taqdim etadi.
Islom san'ati galereyasi ancha oldin ochilishi kerak edi, lekin Covid-19 bu ishga o'z ta'sirini o'tkazdi. Biroq endi ish tezlashdi va 2022 yilning oxiriga kelib galereya ochishga tayyor bo'ladi.
Salar Yung muzeyidagi san'at asarlarining kollektsiyasi juda katta va turli xil bo'lib, dunyodagi uchta muzey — Viktoriya va Al'bert muzeyi, Britaniya muzeyi (Britaniyada joylashgan) va N'yu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi bilan raqobatlasha oladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Greenleaf kompaniyasi faoliyati go‘yoki O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan halol deb topilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur "fatvo" O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tegishli ekani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. U bir masjid imom-noibi tomonidan chuqur o‘rganilmasdan berilgan shaxsiy xulosadan iborat. Hujjatdagi muhr ushbu imom-noibi faoliyat yuritadigan masjidga tegishli bo‘lib, O‘zbekiston musulmonlari idorasiniki emas.
Yurtdoshlarimizdan bunday asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni, diniy masalalarda faqat O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy manbalarida e’lon qilingan xabarlarga tayanishlarini so‘raymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.