Illinoys shtati (AQSh) 17 yanvar' kuni turli dindagi amerikaliklar tomonidan qo'shilgan hissani tan oluvchi yangi qonunchilik doirasida birinchi marta Muhammad Ali kuni nishonlandi.
Ushbu tadbirni nishonlash uchun Illinoys musulmon jamoat birlashmasi yuqori martabali faollar, jumladan, muhtaram Jessi Jekson, leytenant gubernator Juliana Stretton, Chikago Tarix muzeyi prezidenti Donal'd Lasser, Alining qizi – Mariam Ali va boshqa mashhur shaxslar ishtirokida davra suhbati o'tkazmoqda.
Islam.ru portali xabariga ko'ra, tarixdagi birinchi Muhammad Ali kuni haqidagi axborotni tarqatish uchun tashkilotchilar 10 000 ta plakatlarni buyurtma qilishdi. Har bir istagan odam musulmon tashkilotining veb-saytida topilgan Google shaklidan foydalangan holda bepul plakatni so'rab olishi, uyda, ishda, sinfda yoki idorada osib qo'yishi mumkin.
Plakatlar bilan bir qatorda, har bir kishi afsonaviy sportchining biografiyasini aytib beradigan bepul va oddiy darsliklar to'plamiga ega bo'lishi mumkin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Kecha, 14 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Finlandiya musulmonlari jamiyati imomi Ramil hazrat Belyayev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildilar.
Fin yurtining din peshvolari ayni kunlarda mamlakatimizda keng nishonlanayotgan 16 noyabr – "Xalqaro bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar.
Muloqotda O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasidagi hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotgani, o‘tgan oyda Finlyandiya Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yangi bosqichga ko‘targani, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim, ilm-fan, madaniyat, turizm sohalarida hamkorlik rivojlanib borayotgani, xususan, o‘tgan yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi delegatsiyacining Finlandiyaga safari juda ham samarali kechganiga urg‘u berildi.
Finlandiya delegatsiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy islohotlar, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik borasidagi ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, tomonlar esdalik sovg‘alari almashdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati