Dubayda minglab eng buyuk arab aqllari – matematiklar va olimlar qidiruvi boshlandi. BAA vitse-Prezidenti, bosh vaziri va Dubay hukmdori Shayx Muammad bin Rashid ol Maktum hazratlari arab dunyosi ilm-fanining ko'zga ko'ringan vakillari g'oyalarini moliyalashtiradigan maxsus jamg'arma tashkil etdi.
«Eng buyuk arab aqllari» jamg'armasining byudjeti 100 mln dirham (27,3 mln AQSh dollari) ni tashkil qiladi. Mablag' matematika, fizika, komp'yuter dasturlash va katta ma'lumotlarni qayta ishlash sohasida innovatsion g'oyalarni qidirish va amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Islam.ru portali xabariga ko'ra, Dubay kelajak muzeyi dastur uchun baza sifatida foydalaniladi va 4 vazir bir vaqtning o'zida uning kuratorlariga aylanadi. "Bugun biz fizika va matematika, dasturiy ta'minot va ma'lumotlar to'g'risidagi fan, iqtisodiyot, oliy ta'lim va tadqiqot sohalarida 1000 nafar buyuk arab aqllarini topish uchun yangi loyihani boshlaymiz", - dedi Shayx Muhammad.
Uning fikriga ko'ra, buyuk aqllar yaxshi dunyoni qurish uchun har qanday imkoniyatga ega bo'lgan arab tsivilizatsiyasini yaratdi. "Biz eng yaxshi ilmiy g'oyalarni ishlab chiqish uchun Amirliklarning arab va jahon inkubatori sifatidagi rolini kuchaytiramiz. Olimlar, mutafakkirlar va innovatorlar uchun global markaz sifatida qurilgan Kelajak muzeyi mintaqamizdagi eng yaxshi aql salohiyatini rivojlantiradigan poydevor uchun ideal markaz bo'ladi", - dedi Dubay hukmdori.
Jamg'armaga Kelajak muzeyi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi ishlari bo'yicha vazir Muhammad Al Gergavi, ilg'or fanlar bo'yicha davlat vaziri va BAA kosmik agentligi raisi Sara Al Amiriy, raqamli iqtisodiyot, sun'iy aql va masofadan turib ishlash tizimini rivojlantirish masalalari bo'yicha davlat vaziri Omar Al Olama, yoshlar ishlari bo'yicha davlat vaziri Shamma Al Mazrui rahbarlik qiladi, xabar bermoqda The National.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.
Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.
Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati